Xitoyda möynali hayvonlar boqiladigan fermer xöjaliklari hayvonlarni saqlaş uçun mos bölmagan şaroitlar tufayli viruslar köpayişiga xizmat qiluvçi yangi öçoqqa aylanişi mumkin.
Möynali hayvonlar boqiladigan 13 fermani örganiş davomida mutaxassislar uşbu manzillar yangi «xafvli pandemiya» uçun «vaqt bombasi» degan xulosaga kelişgan.

Mutaxassislarning fikriga köra, kasal hayvonlar kiçik kataklarda saqlanadi. Fermalardan birida rakun hayvonlari topilgan, ular elektr toki urişi sababli şol bölib qolgan va şundan söng bir qança vaqt ötib nobut bölişgan.
Tadqiqotçilar, şuningdek, uşbu fermer xöjaliklaridagi hayvonlar doimiy stressda, bu esa «virus tarqalişi» kölamini oşiradi, deb hisoblaşadi. Şu munosabat bilan mutaxassislar hayvonlarni bir-biriga yaqin tutiladigan zoologik fermalar va bozorlarni zudlik bilan yopiş va taqiqlaş kerak, deb hisoblaşadi.

10 mart kuni avstraliyalik va xitoylik olimlar Xitoyning janubi-şarqidagi Yunnan provintsiyasining mintaqalaridan birida yaşovçi körşapalaklar biomaterialini keng miqyosda örganiş davomida koronavirusning SARS-CoV-2 bilan boğliq törtta genomini topgani maʼlum bölgan edi.
Manba: Mirror.co.uk









