«Özbekneftgaz»: Boşqaruv raisi Ustyurt regionidagi tabiiy gaz qazib çiqarilişi, burğilaş işlari va gaz quvuri loyihalari holatini örgandi (foto)

«Özbekneftgaz»: Boşqaruv raisi Ustyurt regionidagi tabiiy gaz qazib çiqarilişi, burğilaş işlari va gaz quvuri loyihalari holatini örgandi (foto)

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida, «Özbekneftgaz» AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligidagi «Işçi guruh» aʼzolarining Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat safari davom etmoqda.

Boşqaruv raisi boşçiligidagi «Işçi guruh» aʼzolari jamiyatga tegişli konlarda gaz qazib çiqariş köpaytiriş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar va amalga oşirilayotgan loyihalar böyiça işlarni örganiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasida böldi.

2021 yilda boşqarma tomonidan uglevodorodlarni qazib çiqarişni köpaytirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarning öz vaqtida bajarilişi hisobiga 36 ta quduq burğilandi, 56 ta quduq mukammal taʼmirlandi, 5 ta texnologik obʼektlar qurib işga tuşirildi. Natijada esa, qöşimça tarzda yana 1 353,0 mln kub metr tabiiy gaz va 30,6 ming tonna gaz kondensati qazib çiqarildi.

Boşqaruv raisi boşçiligidagi «Işçi guruh» uglevodorodlar zaxirasini östiriş böyiça geologik izlov-qidiruv yönalişida burğilaş işlari olib borilayotgan «Ğarbiy Quyi Surgil» koni 2- sonli, «Sirsuar» maydoni 2- sonli va «Quyi Surgil» konidagi  8-, 10- sonli quduqlarda va uşbu kondagi 23-sonli işlatiş quduğida olib borilayotgan burğilaş işlarini közdan keçirdi.

Masʼul taşkiloti rahbarlari va tegişli departament boşliqlari bilan burğilaş işlari holati muhokama qilinib, işlarni jadallaştiriş yuzasidan körsatmalar berildi. Quduqlarni kapital taʼmirlaş yönalişida olib borilayotgan işlar holati «Şimoliy Berdaq» koni 82-sonli va «Şarqiy Berdaq» koni 14-sonli quduqlarda olib borilayotgan kapital taʼmirlaş işlari bilan tanişiş jarayonlarida muhokama qilindi hamda kapital taʼmirlaş, quduqlarda intensifikatsiya işlarini olib borişni jadallaştiriş böyiça zarur maxsus texnikalarni xarid qilib yetkazib beriş, kapital taʼmirlaş işlarining samaradorligini oşiriş yönalişlarida işlaş böyiça masʼullarga vazifalar belgilab berildi.

Boşqaruv raisi 2022 yilda 4 696,9 mln kub metr tabiiy gaz va 65,0 ming tonna gaz kondensati qazib oliş uçun belgilangan barça rejalarni amalga oşiriş uçun barça zarur çoralarni köriş lozimligi böyiça boşqarma rahbariga topşiriqlar berdi.

Şuningdek, «Şarqiy Berdaq» kompleksidan «Buxoro-Urol» magistral gaz quvurigaça bölgan gaz quvurining gaz ötkaziş quvvatini oşiriş maqsadida, quriliş işlari boşlangan qöşimça 22 km diametri 530mm lik gaz quvurida olib borilayotgan işlar holati ham joyiga çiqib örganildi.

Hozirda uşbu gaz quvurini quriliş-montaj işlarini uçun zarur bölgan diametri 530 mm lik gaz quvuri uçun 22 km pölat quvurlar yetkazib berilib, quvurning qariyib 8 km qismida payvandlaş işlari bajarilgani böyiça masʼullar hisoboti tinglandi.

Loyiha böyiça quriliş işlarini tezlaştiriş uçun zarur quvur armaturalarini yetkazib beriş va Pudratçi taşkilot tomonidan quriliş-montaj işlarini qisqa fursatlarda tugallab gaz quvurini işga tuşiriş borasida boşqarma rahbariyati va departament boşliqlariga tegişli körsatmalar berildi.

Taşrif davomida «Arslon» kompleksida «Işçi guruh» tomonidan «Arslon» gazni kompleks tayyorlaş qurilmasida gazni kompeks tayyorlaş jarayonlari ham örganildi, kompleksning quvvatini oşiriş maqsadida qöşimça yillik quvvati 1,0 mlrd. kub metr bölgan gazni past haroratda separatsiyalaş tarmoğini quriş böyiça işlar muhokama qilindi.

Uşbu tarmoqni amalga oşiriş uçun mavjud içki imkoniyatlardan foydalaniş, xususan Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi «Pomuq» kompleksidan texnologik uskunalarni yetkazib beriş, loyihani işlab çiqiş va quriliş-montaj işlarini olib boriş böyiça tegişli departament hamda boşqarma boşliqlariga topşiriqlar berildi.

Eslatib ötamiz, belgilangan rejalarni öz vaqtida bajarilişini taʼminlaş maqsadida, joriy yilda 25 ta quduqni burğilaş, 44 ta quduqni mukammal taʼmirlaş, 5ta texnologik obʼektlarni işga tuşiriş rejalaştirilgan bölib, uşbu çora-tadbirlarni amalga oşirilişi natijasida esa, qöşimça 1 140,0 mln kub metr tabiiy gaz hamda 19,5 ming tonna gaz kondensati qazib çiqarilişiga erişiş maqsad qilingan.

×