Jizzaxda 25 yoşli yigit YTH qurboni böldi (+18)

Jizzaxda 25 yoşli yigit YTH qurboni böldi (+18)

Joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 13:35 larda, Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan ötgan M39 “Termiz-Toşkent” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 957-kilometrida, haydovçi, 1979 yilda tuğilgan T.B. “Kobalt” rusumli avtomobil tezligini meʼyoridan oşirgan holda boşqarayotib, piyodalar ötiş joyi yaqinidan (piyodalar yölakçasidan 15-20 m oldin) yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 25 yoşli M.T. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

×