AQŞning Texas ştatida 29 fevral kuni (Toşkent vaqti bilan 1 mart tongida) professional boks keçasi ötkaziladi.
Uşbu musobaqada hamyurtimiz Isroil Madrimov venesuelalik Çarli Navarroga qarşi ringga kötariladi. Mazkur bahs WBA kamari uçun saralaş vazifasini ötaydi. Keçaning markaziy jangi Jessi Vargas hamda Mayki Garsiya örtasida taşkil etiladi.
– Nufuzli musobaqa doirasida navbatdagi jangimni ötkazayotganimdan xursandman, — dedi I.Madrimov mahalliy jurnalistlarga bergan intervyusida. –Maqsadim ringda imkoniyatlarimni körsatib, muxlislarni mamnun qiliş. Birinçi jangimda “WBA Intercontinental” kamarini qölga kiritganman. Endi men qiyin janglarga ham tayyorman va katta ğalabalarga erişişni istayman.
Manba: UZA
Isroil Madrimov: Qiyin janglarga ham tayyorman









