Putin bilan muloqotga tayyorman – Makron

Putin bilan muloqotga tayyorman – Makron

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilişga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u “Generation Do It Yourself” podkastida söz oçdi.

“Men Putin bilan muloqotni davom ettirgan bölardim va bunga tayyorman ham. Biz sönggi oylarda bir-birimiz bilan muloqot qilganimiz yöq, lekin men u yoki bu masala böyiça gaplaşiş imkoniyati tuğilsa, buni rad qilmayman”, degan Makron.

Frantsiya yetakçisi, şuningdek, agar u Vladimir Putin bilan uçraşsa, ikki örtada keçadigan muloqot köplab masalalarda katta kuçga ega bölişini aytgan. Podkast davomida u nimani nazarda tutayotganiga batafsil izoh bermagan. Şunday bölsa-da, u Rossiya Prezidenti bilan böladigan muloqotida atom elektr stantsiyalari bilan boğliq masalani hal qilişiga urğu berib ketgan.

Bundan taşqari, 1 soat 45 daqiqadan köproq vaqt davomida Emmanuel Makron özining 7 yillik hokimiyati, muvaffaqiyatlari, muvaffaqiyatsizliklari, xalqning özi haqidagi fikrlari haqida gapirgan.

Xalqaro naşrlarga köra, Putin avvalroq, agar rasmiy Parij manfaatdor bölsa, Moskva Frantsiya bilan hamkorlik qilişga tayyorligini aytgan. Şu bilan birga, Putin Makron bilan örtalarida yaxşi iş munosabatlari bölgani, biroq Frantsiya Prezidenti ularni töxtatib qöyganini taʼkidlagan.


Teglar:
×