Bunga Isroil havo hududining yopilgani sabab böldi.
Isroil Davlati havo hududining vaqtinça yopilgani munosabati bilan uşbu mamlakat bilan aviaqatnovlar vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Özbekistonning Isroildagi elçixonasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Isroil hukumati va tegişli aviatsiya idoralaridan havo hududi oçilgani töğrisida rasmiy xabar kelib tuşişi bilan, Özbekiston aviakompaniyalari tomonidan keyingi amaliyotlar yuzasidan alohida maʼlumot taqdim etiladi.
Elçixona yurtdoşlarni xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilişga, mamlakatda böliş vaqtida ehtiyotkorlikni oşirişga va raketa otişmalari paytida boşpanalarni tark etmaslikka çaqirdi.









