Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalarning fikri inobatga olingan holda onlayn taʼlim davom etişini maʼlum qilib, farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan uyida zarur şart-şaroit yaratib berişlarini söradi.
«Hurmatli ota-onalar! Kuni keça III çorakdan barça maktablarda öquv jarayonlari töliq anʼanaviy şaklga ötkazilişi töğrisidagi xabarnoma ijtimoiy tarmoqlarda köplab tuşunmovçilik va eʼtirozlarga sabab bölmoqda.
Aytiş joizki, mamlakatimizda maktablar 2020 yil sentyabr oyidan sanitar-epidemiologik talablarga javob bergan holda bosqiçma-bosqiç faoliyatini tikladi.
Qişki taʼtildan avval, respublika öquvçilarining 90 foizi anʼanaviy taʼlimga qaytdi. Qolgan 10 foiz öquvçilarni ham kelajagiga befarq bölmay, ularni ham maktab taʼlimiga bevosita qamrab oliş maqsad qilingan edi.
Xalq taʼlimi vazirligi xavotirga örin yöq ekanligini, uyida kasallik tarqalişiga xavotir katta bölgan, keksa odamlari bor hamda salomatligida surunkali xastaligi bölgan öquvçilarning taʼlim olişi uçun parallel ravişda «Onlayn-maktab» loyihasi ham davom ettirilişini maʼlum qiladi.
Bunday oilalar avvalgi çorakdagidek öqişlarini uyidan davom ettirişlariga imkoniyat yaratiladi.
Aziz ota-onalar! Öquvçilar örtasida ötkazilgan sörovnomalarda ularga karantin davrida öqituvçilari va tengdoşlari bilan özaro bevosita muloqot yetişmagani aniqlandi. Maktabga bormayotgan öquvçilar esa afsuski, ana şunday imkoniyatdan mahrum bölib qolmoqda, bola uçun döstlari bilan doimiy muloqotda böliş va ular bilan bir jamoa bölib taʼlim oliş juda muhim, heç qanday eng zamonaviy texnologiya aynan şu muhitni bola uçun taʼminlab bera olmaydi.
Şu örinda farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan, ularning vaqtini besamar ötkazmasliklari hamda uyda taʼlim olişlari uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratib, ularni töliq nazoratga olişlarini sörab qolamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
9 yanvar kuni vazirlik Özbekiston maktablarida öquv jarayonlari 3-çorakdan töliq anʼanaviy şaklga ötkazilişi haqida xabar bergandi.
Manba: Kun.Uz









