Seuldan Toşkentga qaytgan fuqarolarning karantinga olinişiga izoh berildi

Seuldan Toşkentga qaytgan fuqarolarning karantinga olinişiga izoh berildi

Joriy yil 26 fevral kuni “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasiga tegişli NY 514-reys bilan Seul – Toşkent yönalişida Toşkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uçgan samolyot bortida 1996 yilda tuğilgan, Qirğiziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlaşganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot 20:55da Seul aeroportiga qaytarilgan. Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tuşirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infektsiyasiga laborator tahlillar olingan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Şundan söng, samolyot Toşkent vaqti bilan soat 22:59da Seuldan poytaxtimizga 232 nafar passajir, 12 nafar ekipaj aʼzolari bilan jami 244 nafar fuqaro uçgan va joriy yil 27 fevral kuni, bizning vaqtimiz bilan soat 05:58da Toşkent halqaro aeroportiga kelib qöngan.

Koronavirusning Özbekistonda tarqalişining oldini oliş maqsadida Seuldan kelgan yölovçilar Toşkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtinça sanitariya izolyatsiyasiga joylaştirilib, Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar ötkazilgan. 

Maʼlum bölişiça, Seul şahrida qolgan Qirğiziston Respublikasi fuqarosi B.T.dan koronavirus infektsiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga köra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan.

×