Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 iyundan eʼtiboran Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi. Ayni vaqtda Toşkentga kiriş-çiqiş uçun barça blok postlar yopilgan.
Bugun karantin çeklovlariga qisman qaytilayotgani munosabati bilan odamlarda, ayniqsa, haydovçilarda köplab savollar tuğilmoqda. Uşbu savollarga javob oliş maqsadida QALAMPIR.UZ Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov bilan muloqot qildi.
Rözimurod Berdiyev, muxbir: — Kimlar Toşkent şahriga kiritiladi-yu, kimlar kiritilmaydi?
Qaxramon Xudoyberganov, YHXB Matbuot kotibi: — Maxsus komissiya qarori bilan 20 yaqin blok postlarning barçasi nazorat ostiga olingan. Poytaxtga kirayotgan barça transport vositalariga faqat bugun tuşuntiriş işlari olib borilyapti. Bundan taşqari, mahallalarda, bozorlarda, aholi köp töplanadigan joylarda ovoz kuçaytirgiç yordamida tarğibot-taşviqot işlarini olib boryapmiz.
Respublikasi maxsus komissiyasi qarorida belgilanganidek, oziq-ovqat mahsulotlari, poliz mahsulotlari, dori-darmonlarni ortgan yuk maşinalari, soğlikni saqlaş xodimlari, turistlar, şuningdek, Toşkent şahrida işlovçilar iş joyidan tegişli xujjat bölgandagina kiritiladi.
R.B.: — Toşkent şahriga kirib-çiquvçilar uçun qanday talablar mavjud?
Q.X.: — Biz faqatgina Toşkent şahri aholisi va mehmonlariga tarğibot-taşviqot, tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Bular niqob taqiş, karantin qoidalariga rioya qiliş va zarurat bölmaganda, Toşkent şahriga kirmaslik. Viloyatlardan kelayotgan fuqarolar soğliği bilan muammo bölgandagina Toşkent şahriga kiritiladi.
R.B.: — Qoidalar özgarişi mumkinmi? Yanada jiddiy çeklovlar bölişi kutilyaptimi?
Q.X.: — Har soniyada har xil vaziyat kuzatilmoqda, şuning uçun agar özgariş bölsa, qöşimça maʼlumot berib boramiz.
R.B.: — Toşkent şahrida bölib turgan viloyatliklar Toşkentdan çiqib ketişlari mumkinmi?
Q.X.: — Albatta, Toşkent şahrida bölib turgan viloyatliklar çiqib ketişlari mumkin. Biz hozir asosiy eʼtiborimizni faqat Toşkent şahriga kirişga qaratganmiz.
R.B.: — Mazkur kuçaytirilgan karantin qoidalari viloyatlarda qanday amalga oşiriladi? Bir voloyatdan boşqa viloyatga ötişi mumkinmi?
Q.X.: — Bir viloyatdan boşqa viloyatga ötişda ham fuqarolarga tuşuntiriş işlari olib boriladi. Mavjud bölgan blok postlar xizmat töliq nazoratga olinadi
Diyora Abdurahmonova Qalampir.uz









