Namangan xalqaro aeroportiga qöngan ikkita reysda Latviya va Eron davlatlaridan özbekistonliklar olib kelingan. Tegişli dezinfektsiyalaş işlaridan söng, yölovçilar tibbiy körikdan ötkazilgan, avtobuslarda 14 kunlik karantin uçun maxsus tayyorlangan muassasalarga olib ketilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Xabarga köra, fuqarolarning bir guruhi «Kosonsoy» sihatgohiga joylaştirilgan. Dam oliş maskanida ularning belgilangan muddatda istiqomat qilişlari uçun zarur şaroitlar muhayyo etilgan.
«Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qatʼiy nazoratga olingan. Tegişli şifokorlar guruhi iş olib bormoqda. Dori-darmon va dezinfektsiyalaş vositalari zaxirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini köngilli ötkazişlari uçun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yölga qöyilgan. Sihatgoh oşxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti» — deya taʼkidlagan «Kosonsoy» sanatoriysi faoliyati va holati böyiça masʼul Tohirjon Turdiyev.
Avval Riga—Toşkent yönalişida uçgan samolyot Namanganga qönadi barça yölovçilar karantinga olinişi, Namangandagi bozor va dökonlarda koronavirus sabab narx-navo ösib ketişining oldini oliş çoralari körilayotgani hamda viloyatdagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtinça töxtatilgani, ularning töliq dezinfektsiyadan ötkazilişi haqida xabarlar berilgan.









