Saudiya Arabistoni 1 noyabrdan boşlab xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni 1 noyabrdan boşlab xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berdi

Fuqarolari Umra ibodatini ado etişiga ruxsat beriladigan mamlakatlar röyxati hozirça eʼlon qilinmadi.

Saudiya Arabistonida salkam 8 oylik tanaffusdan söng xorij fuqarolarining Umra ibodatlarini ado etişiga ruxsat berilmoqda. Şu kunlarda qirol Abdulaziz nomidagi Jidda xalqaro aeroporti Haj va Umra uçun möljallangan terminalini qayta işga tuşirişga tayyorlamoqda.

Okaz gazetasi xabariga köra, aeroportning maxsus terminalida koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça ehtiyot çoralari körilmoqda.

Terminal hududida qarşi tomonga ketayotgan odamlar yuzma-yuz kelmasligini taʼminlaş uçun bir tomonlama harakatlaniş taşkil etilyapti, ijtimoiy masofa saqlaşni taʼminlaşga qaratilgan işlar bajarilyapti.

Qirol Abdulaziz nomidagi Jidda xalqaro aeroporti kutiş zali
Foto: AP

Xorij fuqarolari Umra maqsadida 1 noyabrdan boşlab Saudiya Arabistoniga kirişi mumkin böladi. Aynan qaysi mamlakat fuqarolariga ruxsat berilişi hali nomaʼlum, rasmiylar bu haqda tez orada maʼlumot taqdim etilişini bildirgan.

Umra ziyoratlarini qayta yölga qöyiş uç bosqiçda amalga oşirilmoqda. 4 oktyabrdan boşlangan birinçi bosqiçda kuniga 6 ming nafargaça mahalliy fuqarolar va rezidentlarga ibodat amallarini ado etişga ruxsat berilgandi. 18 oktyabrdan boşlab bu kunlik çeklov 15 mingga oşirildi. Birinçi noyabrdan eʼtiboran amal qiladigan 3-bosqiçda kuniga 20 ming ziyoratçi muqaddas amallarni bajarişi mumkin böladi.

Islom dunyosining boş masjidi – Makka şahridagi Masjidul-harom oktyabr oyi örtalarida karantindan söng qayta oçildi. 1 noyabrdan unga kuniga 60 ming nafargaça musulmon kirişi mumkin böladi.

manba: kun.uz

×