Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi joriy yilning 3 iyul kunidan boşlab umra ziyoratlari uçun elektron vizalar beriş boşlanganini bildirdi.
Haj va Umra vazirligining muqaddas yerlarni ziyorat qiluvçi musulmonlar sonini köpaytiriş borasidagi saʼy-harakatlariga eʼtibor qaratilayotgan xabarda, Ziyoratga nomzodlar va umra ziyoratçilarining işini yengillaştiriş maqsadida joriy etilgan “Nusuk” ilovasi orqali elektron vizaga murojaat qiliş mumkinligi aytilgan.
Qayd etilişiça, Makkaga umra ziyoratini qiliş va Madinadagi Masjid an-Nabaviyni ziyorat qiliş uçun barça davlatlardan murojaat qiliş, umra vizasi olgan ziyoratçilar muqaddas ziyoratni joriy yilning 19 iyulidan amalga oşirişlari mumkin.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi bu yil 150 davlatdan 1 million 845 ming kişi ziyoratga borganini maʼlum qilgan.









