Toqat qilib bölmaydi – Kuşerboyev prokuratura tergovidagi qiynoqlarga munosabat bildirdi

Toqat qilib bölmaydi – Kuşerboyev prokuratura tergovidagi qiynoqlarga munosabat bildirdi

Avvalroq, QALAMPIR.UZ’da “Maxsus film: Boş prokuraturadagi dahşatli qiynoqlar (18+)” nomli maqola va film eʼlon qilingan edi. Mazkur filmga nisbatan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi ham rasmiy bayonot berdi.

Ayni vaqtda film ijtimoiy tarmoqlarda köplab bahs-munozaralarni keltirib çiqarmoqda. Foydalanuvçilarning köpçiligi özi yoki yaqinlari tergovlarda xuddi şunga öxşaş qiynoqlar va tazyiqlarga duç kelganini yozmoqda. Filmda tasvirlangan holatga nisbatan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev ham munosabat bildirdi. Jumladan u şunday deydi: 

“Prokuratura masʼullarining amalga oşirgan bunday ğayriqonuniy harakatlari toqat qilib bölmas holat. Bu tizim fuqarolarning haqiqiy himoyaçisiga aylanişi uçun qanday çora va isloh zarur bölsa, buni qöllab-quvvatlaymiz. Boş maqsad odamlarni rozi qiliş va adolatni tiklaş bölib qolişi lozim”.

2017 yilning kuzida “Bekobod metallurgiya işi” böyiça 30 dan ortiq fuqarolar jinoyat kodeksining talon-toroj qiliş va boşqa moddalari bilan ayblangan. Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Barça voqea şundan boşlangan. Ularning aytişiça, tergovdagi şaxslarning huquqlari tergovçilar tomonidan poymol etilgan. Tergov vaqtida Boş prokuratura xodimlari ularni ayovsiz kaltaklagan, boşlariga “tsellofan” paket kiydirgan, sovuq xonalarda yeçintirgan, turli darajadagi jismoniy va ruhiy tazyiqlar ötkazgan. Filmda mazkur holatlar fuqarolar tilidan hikoya qilinadi. 

Film ortidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Boş prokuratura tomonidan tekşiriş harakatlari boşlanganini maʼlum qildi. 

“Tekşiriş natijasiga köra, eʼlon qilingan maqola va film böyiça barça tomonlarning harakatlariga huquqiy baho berilişi taʼminlanadi”, deyiladi Boş prokuratura bayonotida. 

×