Bugun, 8 noyabr kuni Afğoniston Prezidenti Aşraf Ğani Demokratik partiyadan prezidentlikka va vitse-prezidentlikka nomzodlar Jozef Bayden va Kamala Xarrisni saylovlarda ğalaba qozongani bilan tabrikladi va ikki mamlakat örtasida terrorizm tahdidiga qarşi kuraşiş va respublikada tinçlik örnatiş böyiça hamkorlikni kuçaytirişga umid bildirdi.
"Saylangan Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisni tabriklayman. Afğoniston bizning asosiy şerikimiz bölgan Amerika Qöşma Ştatlari bilan köp darajali strategik aloqalarimizni davom ettiriş va mustahkamlaşga intilmoqda, jumladan, terrorizmga qarşi kuraş va Afğonistonda tinçlikni taʼminlaş borasida", deb yozdi u özining Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq, AQŞ ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenni AQŞning yangi prezidenti deb eʼlon qilgani, ovozlarni hisoblaş davom etayotgani, şu munosabat bilan xorijiy siyosatçilar va davlat rahbarlari Jo Baydenni ğalaba bilan tabriklaşni boşlab yuborişgani haqida xabar berilgan edi.
Sarvar Anvar öğli









