Turkiyadagi zilzilalardan söng Özbekiston aholisini mamlakatda ham xuddi şunday zilzilalar böliş ehtimoli qiziqtirmoqda. Seysmologiya instituti olimlari ötmişda bir neça zilzilalarni başorat qilişgan. Nima uçun barça zilzilalarni başorat qilib bölmaydi? «Gazeta.uz» olimlar bilan şu haqda suhbatlaşdi.
Turkiyada sodir bölgan vayronkor zilzilalardan söng Özbekiston aholisida mamlakatda ham şunday kuçli zilzilalar sodir bölişi mumkinmi, degan savol paydo böldi. Ayrim Telegram kanallar aholining qörquvidan foydalanib, Toşkentda dahşatli zilzila sodir bölişi mumkinligi haqida postlar tarqata bolşladi.
Hozirça heç qaysi davlatda zilzilani yuqori aniqlik bilan başorat qilişning imkoni yöq. Biroq, mamlakatlarda, jumladan, Özbekistonda buning ustidagi işlar davom ettirilmoqda. Önlab yillardan beri seysmik faollik prognozlari har hafta tuzilib, masʼul idoralarga taqdim etib kelinmoqda. Tarixda Özbekiston olimlari zilzilalarni muvaffaqiyatli başorat qilgan bir neça holatlar bölgan. Nima uçun barça zilzilalarni oldindan başorat qilib bölmaydi? «Gazeta.uz» Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti mutaxassislari bilan şu haqida suhbatlaşdi.
Zilzilalar nima uçun sodir böladi?
Seysmologiya instituti yetakçi ilmiy xodimi Roman Ibragimov Yer yarim suyuq mantiya ustida «suzuvçi» litosfera plitalari bilan qoplanganini tuşuntirdi. Uşbu plitalarning harakati qattiq bosimni keltirib çiqaradi. Uşbu bosim bir-biriga tegib turgan jinslar çidamliligining eng yuqori darajasidan oşib ketganda, plitalar siljiydi. Bu vaqtda seysmik tölqinlar şaklida energiya yuzaga çiqadi. Yer yuzasida bu zilzila bölib seziladi.

Roman Ibragimov. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz».
Zamonaviy litosfera sakkizta katta va köplab kiçik plitalardan iborat. Katta plitalarning tutaşadigan joylari kuçli zilzilalarning aksariyati sodir böladigan seysmik faol kamarlarni hosil qiladi. Qiziği şundaki, sayyoradagi eng kuçli zilzilalarning 80% dan ortiği Tinç okeani seysmik kamarlarining birida sodir böladi. Özbekiston Hindiston va Arabiston plitalari bilan özaro aloqada bölgan Yevroosiyo plitasida joylaşgan.
Özbekiston hududida har kuni önlab zilzilalar sodir böladi, lekin odamlar buni sezmaydilar — zilzilalarni faqat maxsus texnika his qila oladi. Ammo yer yuzida 5−6 ballik darajadagi silkinişlarga olib kelişi mumkin bölgan kuçli zilzilalar mamlakatda örtaça yiliga bir marta sodir böladi, dedi Roman Ibragimov.
Seysmik monitoring
Seysmik faolliklar seysmik stantsiyalar tomonidan qayd etiladi. Özbekiston hududida ularning soni 50 ga yaqin bölib, uşbu stantsiyalar global seysmik stantsiyalar tarmoğiga kiradi va bu mamlakat mutaxassislariga real vaqt rejimida dunyodagi barça zilzilalar haqida maʼlumot oliş imkonini beradi.

Zilzila paytida uning öçoğida ajralib çiqadigan energiya Rixter şkalasi böyiça 1 dan 9,5 gaça bölgan magnitudalarda ölçanadi (ballarda emas). Ballarda esa Yer yuzasidagi silkinişning intensivligi (kuçliligi) ölçanadi. Bu yerosti silkinişlarining taşqi alomatlari — binolarga, odamlarga va boşqalarga taʼsir qiliş darajasi bilan boğliq. Qurilmalardan taşqari, nafaqat mutaxassislar, balki oddiy aholi ham öz sezgilari orqali intensivlikni aniqlay olişadi.
Zilzilaning intensivligi faqat epimarkazning kattaligi va çuqurligiga boğliq emas, deydi Seysmologiya instituti maydonlarning geofizik özgarişlari laboratoriyasi mudiri Qaxarbay Abdullabekov. Tuproqning turi va holati, hududning geologik xususiyatlari ham intensivlikka taʼsir qiladi.

Qaxarbay Abdullabekov. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz».
Zilzila prognozlari
Seysmologiya instituti seysmik faollikni kuzatişdan taşqari zilzilani başorat qiliş bilan ham şuğullanadi. Seysmik rejimning uzoq muddatli xususiyatlari, yaʼni turli magnitudali zilzilaning vaqt va makon böyiça taqsimlanişi örganiladi.
Roman Ibragimovning sözlariga köra, maʼlum bir magnitudadagi har bir zilzilaga magnitudasi pastroq bölgan zilzilalarning qatʼiy belgilangan miqdori töğri keladi. Seysmologiyadagi bu nisbat Guttenberg-Rixter qonunida tavsiflangan. Normadan çetga çiqiş anomaliya deb hisoblanadi.
«Anomaliyalar — seysmik sukunat va faollaşuv bölib, unda kuçsiz zilzilalar soni keskin kamayib, yoki aksinça, ortib boradi va turli magnitudali zilzilalar örtasidagi nisbat ham özgaradi», — deb tuşuntirdi Roman Ibragimov.
Uning qöşimça qilişiça, institut mutaxassislari hozirgi seysmologik vaziyatni allaqaçon sodir bölgan zilzilalargaça bölgan holat bilan soliştirib, başorat qilişga harakat qilmoqda.
Bugungi kunda olimlar zilzila parametrlari va uning alomatlari örtasidagi boğliqlikni bilişadi. Zilzila qançalik kuçli bölsa, tayyorgarlik köriş şunçalik köp vaqt talab etadi va uni qamrab oladigan maydon şunçalik katta böladi. Şunga asoslanib, zilzila sodir bölişini başorat qiliş mumkin.
Mutaxassislar prognozlarning uç turini sanab ötişdi: uzoq muddatli (önlab yillarga möljallangan), örta muddatli (bir neça oydan ikki yoki uç yilgaça) va qisqa muddatli (bir neça soatdan bir oygaça).
Yerning seysmik faolligini aks ettiruvçi dunyoning seysmik xaritasi. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz»
Seysmik faollik tölqinlar yordamida ifodalangan. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz»
Özbekistondagi seysmik faolliklar haqida maʼlumotlar. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz»
Özbekistondagi seysmik faolliklar haqida maʼlumotlar. Foto: Yevgeniy Soroçin / «Gazeta.uz»




Uzoq muddatli prognozlar GPS va geodeziya maʼlumotlari yordamida aniqlanadigan yer yuzasining seysmik rejimi va deformatsiyasi haqidagi maʼlumotlar asosida tuziladi. Örta va qisqa muddatli prognozlarda Yerning magnit maydoni va yerosti suvlarining gaz-kimyoviy tarkibi tahlil qilinadi. Biroq, bugungi kunda dunyoda 100 foizlik prognozlaş usullari mavjud emas, deydi mutaxassislar.
«Agar biz uşbu prognozlarning muvaffaqiyati haqida gapiradigan bölsak, butun dunyo böylab uzoq muddatli prognozlar töğri başoratlar böyiça köproq foizga ega. Zilzilagaça bölgan vaqt oraliği qançalik qisqa bölsa, noaniqliklar soni ham şunçalik köp böladi va zilzilani prognoz qiliş masalasi şunçalik qiyinlaşadi. Butun dunyoda faqatgina bir neçta qisqa muddatli prognozlargina muvaffaqiyatli böladi», — deydi Roman Ibragimov.
Institut bir neça zilzilalarni muvaffaqiyatli başorat qilgan. Masalan, 1978 yilgi Oloy zilzilasi, 1982 va 1984 yillardagi Çimyon va Pop zilzilalari.
Nima uçun barça zilzilalarni oldindan aytib bölmaydi? Mutaxassislarning fikriça, zilzilalarni başorat qiliş xizmatini taşkil qiliş uçun minglab stantsiyalarni taşkil qiliş kerak. 5 magnitudali zilzila uçun ular orasidagi masofa 30−40 km bölişi kerak. Magnituda qança katta bölsa, stantsiyalar orasidagi masofa ham şunçalik katta bölişi kerak. Bu ança qimmatga tuşadi.
Institut mutaxassislari hayvonlarning nostandart xatti-harakatlari ham yaqinlaşib kelayotgan zilzilaga işora bölişi mumkinligini, biroq faqat ularga tayaniş notöğri ekanligini taʼkidlaşdi.
«Zilzila alomatlari kuzatilgan, ammo zilzila sodir bölmagan holatlar ham bölgan. Yoki aksinça, zilzila sodir böladi, biroq undan oldin aniq xabar beruvçi alomatlar bölmaydi», — dedi Roman Ibragimov.
Institut seysmik rayonlaştiriş xaritalarini ham tuzadi. Ular mamlakatning har bir qismida kuzatilişi mumkin bölgan maksimal ballni körsatadi. Uşbu xaritalar asosida quriliş normalari va qoidalari tuziladi.
Özbekistonda seysmik vaziyatni baholaş va kelajakdagi seysmik vaziyatni prognoz qiliş böyiça idoralararo ekspertlar komissiyasi faoliyat yuritmoqda. U har hafta maʼlumotlarni tahlil qilib, 5 balldan ortiq zilzila sodir böliş ehtimoli böyiça qaror çiqaradi. Prognoz qiliş komissiyasining xulosalari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topşiriladi.
Turkiyadagi zilzila Özbekistonda seysmik faollikni keltirib çiqarişi mumkinmi?
Seysmologiya instituti olimlari özbekistonliklarning qörquvi asossiz ekanligini taʼkidladi.
«Turkiya va Özbekiston turli seysmik faol hududlarda joylaşgan, — dedi Qaxarbay Abdullabekov. — Turkiyaning seysmikligi asosan Arabiston, Afrika va Yevroosiyo plitalarining özaro taʼsiri bilan belgilanadi. Özbekiston hududidagi seysmiklik köp jihatdan Hindiston va Yevroosiyo plitalarining aloqasi bilan boğliq».
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni ötkazib yubormaslik uçun kanalimizga aʼzo böling.
Qaxarbay Abdullabekovning sözlariga köra, bu plitalarning seysmik tutaşuvi Afğoniston hududida joylaşgan bölib, u yerda çuqur fokusli zilzilalar tez-tez sodir böladi (örtaça 130 km çuqurlikda). Biroq Özbekistonga bu seysmik faollikning faqat aks-sadolarigina yetib keladi.
Manba: Gazeta.uz













