Tez tibbiy yordam xizmatidagi loqaydlik, sansolarlik va masʼuliyatsizlik körinişlarga aslo toqat qilib bölmaydi
2019-08-11 20:38 2 355
Tez tibbiy yordam xizmatidagi loqaydlik, sansolarlik va masʼuliyatsizlik körinişlarga aslo toqat qilib bölmaydi Inson salomatligini saqlaş va bemor hayotini muhofaza qiliş tez tibbiy yordam tizimining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Şu bois ham şoşilinç tibbiy yordam tizimi faoliyatini takomillaştiriş masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Keyingi yillarda qabul qilingan Prezident Farmonlari va qarorlarida bu yönalişdagi dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Namanganda mazkur hujjatlardagi vazifalar ijrosiga izçil kirişilgan. Avvalo, tez tibbiy yordam tizimi avtoparki yangilandi. 123 ta eng zamonaviy sanitar avtomaşinalari olindi. Tez tibbiy yordam brigadalari köpaytirildi. Dori-darmon taʼminoti esa keskin oşirildi. Tez tibbiy yordam xizmatining har bir çaqiruviga avval dori-darmon uçun 625 söm mablağ ajratilgan bölsa, hozir bu miqdor sakkiz barobarga ortib, 5000 sömni taşkil etdi. Şunday bölsada, ayrim mutasaddilarning beparvoligi, baʼzi xodimlarning eʼtiborsizligi, eng açinarlisi sansolarlik kabi salbiy holatlar uçrab turibdi. Yaqinda, aniqroği — şu yil 4 avgust kuni viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi işçi guruhi tomonidan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tez tibbiy yordam markaziy bölimi va hududlardagi şahobçalarda ötkazilgan tezkor örganişda bu yaqqol isbotini topdi. RŞTYOIM Namangan fililali rahbariyati tomonidan nazorat böşaştirib yuborilganligi oqibatida Namangan şahri aholisiga xizmat körsatişda bir qator kamçilik va nuqsonlarga yöl qöyilmoqda. Jumladan, Namangan şahar tez tibbiy yordam markaziy bölimi işi qoniqarli emas, tunu kun navbatçilik qiladigan dispetçerlar soni kam, telefon tarmoği ham meʼyordagidan oz, çaqiruvlarni qayd qilişda kamçiliklar mavjud. Boşqarma boşliğining şaxsan rahbarligida markaziy tez tibbiy yordam bölimi, “Irvadon”, “Mingçinor”, “Davlatobod”, “Lola”, “Sumalak” şahobçalarida ötkazilgan örganişlar davomida bir qator kamçiliklar örnida bartaraf etilib, mutasaddilarga yeçimini kutayotgan muammolarni zudlik bilan xal etiş böyiça topşiriqlar berildi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filiali tez tibbiy yordam bölimi faoliyatini qisqa örganiş paytida foş etilgan qator salbiy holatlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasining 6 avgust kuni bölib ötgan kengaytirilgan tibbiyot hayʼati yiğilişida atrofliça muhokama etildi. RŞTYOIM Namangan filiali rahbariyatidan, tez tibbiy yordam bölimi va uning şahobçalari mutasaddilaridan yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan izoh söraldi. Hayʼat yiğilişi qaroriga köra, RŞTYOIM Namangan filiali direktori R.Yunusovga ön kun muddat içida aniqlangan kamçiliklar böyiça qayta monitoring qiliş va bir oy muddatda ularni bartaraf etilganligini haqida muhokama yiğilişi ötkaziş topşirildi. Şuningdek, faoliyatni tubdan takomillaştiriş bilan boğliq vazifalar yuklandi. Dispetçerlik xizmati işini yaxşilaş, ayniqsa, çaqiruvlarni qabul qiliş va tez tibbiy yordam brigadalariga yetkazişni taʼminlovçi zamonaviy aloqa tizimini işga soliş, integratsiyalaşuvda internet aloqasini örnatiş, tibbiyot xodimlari muomala madaniyatini yuksaltiriş zarurligi uqtirildi. Masʼuliyatsizligi oqibatida xizmat vazifasini yetarli darajada bajarmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari körildi. Xususan, 3 nafar soğliqni saqlaş xodimi vazifasidan ozod etildi. 30 nafardan ortiq tibbiyot xodimga intizomiy jazo çoralari qöllanildi. Umid qilamizki, bu tez yordam xizmati tizimi xodimlari uçun saboq böladi.