Japarov korruptsiyaga qarşi kuraşda, hatto qarindoşimni ham ayamayman

Japarov korruptsiyaga qarşi kuraşda, hatto qarindoşimni ham ayamayman

11 mart kuni Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Jogorku Keneş majlisida mamlakat hukumatining korruptsiyaga qarşi keskin çoralar körişini maʼlum qildi. Bu haqda “AKI press” xabar berdi.


Qayd etilişiça, Prezident har qanday şaxs, hatto yuqori lavozimdagilar bölsa ham çora qöllanilişini taʼkidlagan.

“Korruptsiyaga örin yöq. Biz eng boşidanoq korruptsiyaga va uyuşgan jinoyatçilikka qarşimiz. Sizlar buni yaxşi bilasizlar. Heç kimni ayamaymiz”, deydi davlat rahbari.

Prezident, şuningdek, antikorruptsiya siyosati hamma uçun bir xil ekanini, qarindoşlarini ham keçirmasligini aytgan.

“Hatto, yaqin qarindoşlarimni ham keçirmayman. Şu bilan birga, mening qarindoşlarim va farzandlarim davlat xizmatida işlamaydi, davlat organlarida faoliyat yuritmaydi. Şu sababli xotirjamman”, degan Japarov.

Japarov majlisda korruptsionerlarni tanqid qilib, ular qotil jinoyatçidan ham xavfli ekanini aytgan.

“Agar jinoyatçi bir kişini öldirsa, korruptsioner butun davlatni buzadi. Şu sababli sizlardan korruptsiyaga qarşi kuraşişda yordam berişingizni sörayman. Agar hukumat vakillari tomonidan öğrilik yoki korruptsiya sodir etilsa, majlisda ayting. Bu sizning menga qilayotgan yordamingizdir. Heç kimdan qörqmang. Men sizlarni himoya qilaman va yoningizda bölaman”, deb murojaat qilgan Japarov deputatlarga.


×