Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça dunyoda törtinçi davlatga aylandi, uning daromadi 43,5 milliard dollarni taşkil etdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin fermerlar bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
Uning aytişiça, Rossiya tarixida bunday natijalar heç qaçon kuzatilmagan. Mamlakat qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça dunyoda törtinçi, buğdoy yetiştiriş böyiça dunyoda birinçi öringa çiqqan.
“Taşqi bozorga mahsulot sotişdan tuşgan daromad 43,5 milliard dollarni taşkil etdi. Mamlakatimiz göşt yetiştiriş böyiça dunyoda birinçi örinda turadi, bu ham agrotexnika işlari bilan boğliq, ozuqa zarur. Bunday natijalar mamlakatimiz agrosanoat majmuasida bölmagan”, deydi mamlakat rahbari.
Putin Rossiyada 2022 yilda 157 million tonna, 2023 yilda esa 147 million tonna ğalla yiğim-terimining rekord darajada bölganini qayd etdi.
Maʼlumot uçun, 2023 yilning 17 iyul kuni Ukrainaning uçta portidan (Çernomorsk, Odessa va Yujniy) ğalla eksporti uçun yölak yaratiş hamda Rossiyaga oziq-ovqat va öğitlarni eksport qiliş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişni nazarda tutuvçi Qora dengiz taşabbusi tugatilgandi. Rossiya tomoni qaşşoq davlatlar uçun taşkil etilgan don kelişuvi doirasidagi oldi-sotdi jarayonlarining 81 foizi yuqori va örtadan yuqori daromadli mamlakatlarga töğri kelişini, bularning barçasi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida amalga oşirilayotganini bildirgandi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ğalla bitimi böyiça barça şartlar bajarilmagunça, mamlakat taşabbusdagi iştirokini töxtatib qöyişini aytdi. Ğarb davlatlari Rossiyani kelişuvga qaytişga çaqirdi, hatto, Turkiya Prezidenti Soçiga borib Putin bilan gaplaşib qaytdi. Biroq buning foydasi bölmadi – don bitimi tiklanmadi.
Putin esa Afrikaning oltita davlatiga don yetkazib berişini aytgan. Uning taʼkidlaşiça, Ğarb davlatlari Rossiyaning don bitimi böyiça talablarini amalga oşirişga tösqinlik qilişda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Rossiya Qişloq xöjaligi vaziri Dmitriy Patruşev Prezident Vladimir Putin bilan uçraşuvda Afrikaning olti davlatiga 200 ming tonna buğdoy gumanitar yordam sifatida yetkazib berilganini maʼlum qilgandi. Vazirning aniqlik kiritişiça, Mali, Burkina-Faso, Zimbabve va Eritreyaga 25 ming tonnadan, Somali va Markaziy Afrika Respublikasiga 50 ming tonnadan don yetkazib berilgan.
Sarvar Xurramov









