Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 16 yanvar kuni Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida 1988 yilda tuğilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tuğilgan turmuş örtoği Ş.U. örtasida oilaviy kelişmovçilik sababli janjal kelib çiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvçi Çinoz tumani tibbiyot bölimiga murojaat qilgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida şifoxonaning özida vafot etgan.
Sud hukmiga köra, sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) 8-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.









