«Tez yordam»ning oynasini sindirib, haydovçisiga jarohat yetkazgan kimsaga jinoyat işi qözğatildi

«Tez yordam»ning oynasini sindirib, haydovçisiga jarohat yetkazgan kimsaga jinoyat işi qözğatildi

Farğonaning Quva tumanida Tez tibbiy yordam bölimi xodimlari tajovuzga uçragani haqida xabar bergandik.

Yaʼnikim, ötgan yilning 29 noyabr kuni qoq peşinda Quva tumani «Tez tibbiy yordam» bölimiga (TTYOB) Yu.Olim degan şaxs (1966 y.t. sudlangan)  kelib, xotinining mazasi qoçib qolgani, zudlikda yordam körsatiş kerakligini aytadi.  Aytilgan manzilga borilgaç, uy qulf ekani şifokor va haydovçida şubha tuğdiradi. Şunga qaramay, Yu.Olim şifokorni (ayol kişi) içkariga yolğiz kirişi, hadovçidan esa maşinadan tuşmaslikni talab qiladi. Murodi hosil bölmagaç, axloq va odob çegarasidan çiqib, heç bir sababsiz haydovçini haqorat qilib, uni toş bilan urib, jarohat yetkazadi, kamiga «Tez yordam» maşinasini oynalarini sindirib yuboradi.

Mazkur holat böyiça suriştiruv işlari olib borilib, Yu.Olimga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka oid iş qözğatilgan bölsa-da, biroq «delo» suddan ötmaydi. Negaki, Quva tuman maʼmuriy sudi raisi A.Jumayev Yu.Olim xatti-harakatlarida jinoyatlar alomatlari mavjud, degan xulosa bilan «iş»ni prokuraturaga oşirib yuboradi.

...Kuni keça Farğonadan xabar oldik. Manbamizga köra, holat yuzasidan qöşimça suriştiruv ötkazilib,  Yu.Olimga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Ayni moddaga köra, bezorlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan şaxs bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi mumkin.

×