Voqelik Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida röy bergani aytilmoqda.
Şu yilning 5 sentyabr kuni «Sultonobod şodiyonasi» töyxonasidan yaxşigina «yetilib çiqqan» IIB profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş buyiça yordamçisi G.X.ning köziga fuqaro Ş.T. baloday körinadi, çoği. Natijada jamoat tartibini saqlaşga masʼul bölgan xodimning özi tamoman quyuşqondan çiqib, fuqaro Ş.T.ga qöl kötarişgaça bordi. Uning zöravonligi oqibatida fuqaroga tan jarohati yetadi.
Manbamizga köra, ayni paytda holat yuzasidan IIB xodimi G.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









