2020 yil 14 mart kuni Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Foziltepa köçasida joylaşgan avtomaşinalarga texnik xizmat körsatiş majmuasida tabiiy gaz quvuridan sizib çiqayotgan gaz isiga uçqun tegişi natijasida portlaş sodir bölgan.
Portlaş oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafari tan jarohatlari olgan.
Şu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan vayronalar ostidan uçinçi qurbonning jasadi topilganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.
Mazkur holat yuzasidan 14.03.2020 yilda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidang öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.









