Dunyo aholisining uçdan ikki qismi koronavirus bilan zararlanişi mumkin

Dunyo aholisining uçdan ikki qismi koronavirus bilan zararlanişi mumkin

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mutaxassisi Ira Longini dunyo aholisining uçdan ikki qismi COVID-19 koronavirusini yuqtirişi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Uning sözlariga köra, har bir virus yuqtirgan odam uni örtaça ikki yoki uç kişini zararlaşi mumkin.

Olimning taʼkidlaşiça, na karantin, na zararlangan odamlarni alohida saqlaş yangi koronavirusni töxtata olmaydi. Uning taʼkidlaşiça, bunday çora-tadbirlar faqat infektsiya tarqalişini sekinlaştirişi mumkin.

Maʼlumot uçun, xitoylik şifokorlar COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarni davolaşning yangi samarali usulini eʼlon qildi. 

Uxan şifoxonasi rahbari Çjan Dingyu jurnalistlar bilan suhbatda koronavirus yuqtirgan bemorlarga qon plazmasini quyiş usuli davolaşda samarali ekanligini taʼkidladi.

Mutaxassislarning aytişiça, pnevmoniyaga çalingan baʼzi odamlarning plazmasida virus bilan kuraşişga yordam beradigan antikorlar topilgan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provintsiyasi markazi Uxan şahrida ötgan yilning dekabr oyi örtalarida yangi virus paydo böldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotini mamlakatda epidemiya boşlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozirça Xitoydan taşqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qöşma Ştatlar, Germaniya, Vetnam, Frantsiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Şvetsiya, Şri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.

Virusdan halok bölganlar soni 1 491 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 65 247 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalişi sababli Jamoat soğliği uçun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat soğliği uçun jiddiy xavf tuğilganda eʼlon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Yangi koronavirusga Novel Coronavirus Pneumonia (NCP) nomi berildi. U bugungaça qurbonlar soni böyiça 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Şarq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, şulardan 774 nafari (ölim darajasi 9,6 foiz) halok bölgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (ölim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bölgan.

Şahnoza Töramurotova

×