Dunyo böylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kişidan oşdi

Dunyo böylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kişidan oşdi

Pandemiya boşlanganidan buyon butun dunyo böylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kişidan oşib ketdi. Bu haqda virus tarqalişini real vaqt rejimida kuzatib boruvçi Jons Hopkins universiteti maʼlum qildi.

Vafot etganlarning aksariyat qismi Italiyada — 7,5 ming kişi. Ispaniyada esa virus oqibatida vafot etganlar soni 3,6 mingga yetgan. Virus öçoği hisoblangan Xitoyning Xubey provintsiyasida uşbu körsatkiç — 3,1 ming kişini taşkil etmoqda.

26 mart holatiga köra, butun dunyo böylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 471,5 ming kişiga yetgan. Virusni yuqtirib olganlarning asosiy qismi Xitoyda — 81,7 ming kişi. Undan keyingi örindan Italiya (74 ming) va AQŞ (69 ming) joy olgan. Özbekistonda esa koronavirusni yuqtirib olganlar soni 65 kişiga yetgan.

×