Özbekiston umumiy aholisining deyarli yarmi va kam taʼminlangan oilalarning uçdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan taʼminlanmagan͘. Bu haqda Xalqaro mehnat taşkiloti, YUNISEF va Jahon bankining Özbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholaş böyiça qöşma hisobotida qayd etildi.
Hisobot jamoatçilik, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy nafaqa oluvçi kişilar, nogironligi bor şaxslar va keksalar, yoşlar, norasmiy işlovçilar hamda işsizlar fikrini aniqlaş maqsadida eʼlon qilingan.
Unda aytilişiça, Özbekiston Sovet Ittifoqidan bandlikni taʼminlaş, bolalar parvarişini qöllab-quvvatlaş va qarilikda kafolatli daromadni taʼminlaş tamoyillariga asoslangan keng qamrovli ijtimoiy himoya tizimini meros qilib olgan bölsa-da, hozirgi kunga kelib, mamlakatda ijtimoiy himoyaning rasmiy taʼrifi qabul qilinmagan. Şuningdek, ijtimoiy himoya dasturlarini işlab çiqiş, muvofiqlaştiriş va boşqariş böyiça ixtisoslaşgan muassasa mavjud emas.
«Ijtimoiy himoya funktsiyalari turli vazirliklar va muassasalarga taqsimlangan va uşbu vazirliklar va muassasalarning heç biri butun tizimni tölaqonli qamrab olmaydi va şuning uçun ijtimoiy himoya böyiça turli dasturlarni özaro muvofiqlaştirişga javobgar emas.
Misol uçun, Moliya vazirligi Pensiya jamğarmasi pensiya taqsimoti uçun javobgar va ijtimoiy yordam dasturlari xarajatlarini nazorat qiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bandlik va mehnat bozorining faollaştiriş dasturlari uçun javobgar bölib, ijtimoiy himoya sohasida umumiy siyosatni belgilaş vakolatiga ega. Soğliqni saqlaş vazirligi soğliqni saqlaş bilan boğliq dasturlarni amalga oşiradi, keksalar va nogironlarga xizmat körsatadi. Xalq taʼlimi vazirligi esa kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini turli buyumlar bilan taʼminlaş maqsadida bir neça kiçik dasturlarni amalga oşiradi.
Bunday holat jiddiy taşviş tuğdirişi tabiiy, çunki xalqaro tajriba şuni körsatmoqdaki alohida bir dasturni kuçaytiriş butun tizim yoki ijtimoiy yordam oluvçilar nuqtai nazaridan optimal bölmasligi mumkin va bunda butun tizimni kompleks isloh etiş talab etiladi», — deyiladi hisobotda.
Unda, şuningdek, Özbekiston ijtimoiy himoya tizimi bilan boğliq quyidagi muammolar sanab ötilgan:
- Özbekistonda ijtimoiy suğurta, ijtimoiy yordam va mehnat bozorini faollaştiriş dasturlaridan iborat bölgan, nisbatan aniq şakllantirilgan va keng qamrovli ijtimoiy himoya tizimi mavjud, ammo umumiy aholining deyarli yarmi va kam taʼminlangan oilalarning uçdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan taʼminlanmagan͘.
- 2018 yilda Özbekistonda ijtimoiy himoya xarajatlari yalpi içki mahsulotning 6 foizini taşkil etgan. Bu körsatkiç Yevropa hamda MDH mamlakatlaridagi ijtimoiy himoya sarmoyalarining örtaça darajasidan ança past.
- Aholining köp qismi haligaça ijtimoiy taʼminotga erişa olgani yöq: band aholining qariyb 60 foizi norasmiy sektorda bölib, badal tölaşni nazarda tutuvçi ijtimoiy suğurta dasturlarida qatnaşmaydi.
- Ijtimoiy yordam dasturlari yetarliça qamrovga ega emas. Masalan, ilgari bolalar nafaqalari barça bolali oilalarga qaratilgan bölsa, bugungi kunda ular faqat kam taʼminlangan oilalarga yönaltiriladi.
- Kam taʼminlangan oilalarning aksariyati nafaqalarni tayinlaşning juda qatʼiy talablariga javob bersalar ham, köp holatlarda nafaqalarni turli sabablarga köra oliş imkoniyatiga ega emas.
- Hozirgi kunda mehnat bozorini faollaştiriş dasturlarining aholini qamraş darajasi çeklangan bölib, ular asosan jamoatçilik işlari, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, kasb-hunarga örgatiş va öqitiş dasturlaridan iborat. Sönggi paytda bandlikni qöllab-quvvatlovçi faol va passiv dasturlar uçun davlat xarajatlari oşgan bölsa-da, qamrov sezilarli darajada pastligiça qolmoqda.
Fuqarolar hisobot natijalari bilan tanişib, quyidagi havola orqali öz fikr-mulohazalarini qoldirişi mumkin. Fikr va takliflar tahlil qilinib, tegişli vazirlik, idoralar, xalqaro taşkilotlarga taqdim etilişi maʼlum qilingan.
Avvalroq YUNISEFning «Özbekistonda bolalar va yoşlar manfaatlariga mos ijtimoiy himoya tizimini quriş» mavzusidagi hisoboti eʼlon qilingandi.









