Özbekiston tabiiy gazining Xitoyga eksporti ötgan yilning şu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Bu haqda TASS Xitoy Xalq Respublikasi bojxona boş boşqarmasi maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Avgust oyida Özbekistondan Xitoyga oylik gaz yetkazib beriş iyul oyidagi körsatkiçga nisbatan qariyb 18 foizga pasayib, 75,27 million dollarni taşkil etdi. Bungaça Özbekiston gaz eksportini ikki oy ketma-ket oşirgan.
Yanvar-avgust oylarida Özbekiston Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan.
Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib beriş böyiça yetakçilikni saqlab qolişda davom etib, sakkiz oy içida 6,63 milliard dollarlik gaz yetkazib berdi. Ikkinçi örinda Rossiya, u eksport hajmini qariyb ikki baravar oşirib, 4,46 milliard dollarga yetkazgan bölsa, keyingi örinlarda Myanma (993 million dollar) va Qozoğiston (782 million dollar) bormoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning UzGasTrade AJ va Turkmanistonning “Turkmengaz” davlat kontserni örtasida yiliga 2 milliard kub metrgaça turkman gazini yetkazib beriş böyiça qisqa muddatli şartnoma imzolangandi.
Akobir Sayidov









