Qaşqadaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida ikki nafar fuqaroning qonunga xilof faoliyati aniqlangan.
Tezkor tadbirlar jarayonida mazkur şaxslar Telegram’da maxsus kanal-bot taşkil etib, şu orqali giyohvandlik vositalarini sotiş bilan şuğullanib kelgani maʼlum bölgan. Ulardan olingan aşyoviy dalillar sifatida yaşaş xonadonidan 7,9 gramm “marixuana” hamda 22,79 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasiga (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) asosan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat işi tergovga tegişliligi böyiça yuborilgan.









