Sirdaryo viloyatida 400 AQŞ dollari evaziga tekşiruv materiallarini yöl-transport hodisasi sodir etgan haydovçining foydasiga hal qilişni va sud tibbiy ekspertizasini yengillaştirişni vaʼda qilgan inspektor ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Sirdaryoda YHXX katta inspektori YTH yuz bergan joyga yetib borgan. U hodisa sodir bölgan joyni közdan keçirib, yölovçilardan birining tan jarohatining oğirlik darajasini aniqlaş uçun tibbiyot ekspertizasi tayinlagan. Haydovçining boşqaruvidagi maşinani şu kuniyoq jarima maydonçasiga joylaştirgan. Oradan 4-5 kun ötgaç, haydovçini öz xizmat xonasiga çaqirgan.
U tergovga qadar tekşiruv materiallarini haydovçining foydasiga hal qilgan holda sudga çiqariş, sud-tibbiy ekspertizasini yengillaştiriş hamda avtomaşinani jarima maydonçasidan çiqarib berişni vaʼda qilgan. Buning evaziga haydovçidan 400 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.
Haydovçi xodimning bu taklifiga rozi bölmagan va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan. Uning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbir davomida YHXX katta inspektori öz xizmat xonasida 200 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida uşlangan.
Holat yuzasidan sud işi Guliston şahar sudida körib çiqildi. Sud hukmiga köra, ayblanuvçi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil muddatga IIOda har qanday lavozimda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.









