Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga çek qöyildi.
Tezkor xodim özining mansabdor tanişlari orqali, Samarqand şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işida ayblanuvçilar sifatida ötayotgan 1994 y.t. şaxsga tegişli qismini Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatiş hamda 2003 y.t. fuqaroga nisbatan esa «uy qamoği» ehtiyot çorasini qöllagan holda, uni ozodlikda qoldiriş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlanib, holat prosessual tartibda rasmiylaştirildi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









