Putin: "Insoniyat öta xavfli çiziqqa yaqinlaşdi"

Putin: "Insoniyat öta xavfli çiziqqa yaqinlaşdi"

«Insoniyat mintaqaviy mojarolar va qurol nazorati tizimining vayron bölişi bilan boğliq xavfli çiziqqa yaqinlaşdi», – dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda «TASS» 5 fevral, çorşanba kuni xabar bermoqda.

"Afsuski, bugungi kunda terrorizm tahdidi tobora kuçayib bormoqda, mintaqaviy mojarolar köpaymoqda", dedi davlat rahbari.

2018 yil dekabr oyida Putin dunyo yadro uruşi tahdidini yetarliça baholamasligi haqida qayğurgandi. Bundan taşqari, bu xavf haqiqiydir, deya taʼkidladi prezident. Uning sözlariga köra, dunyoda qurol-yaroğni saqlaş tizimining qulaşi, ayniqsa, AQŞ Örta va qisqa masofali raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqib ketganidan keyin yomonlaşdi.

Rossiya rahbari terror tahdidi haqida bir neça bor gapirgan. 2018 yil iyun oyida u terrorizmga qarşi kuraşni ŞHT doirasidagi faoliyatning ustuvor yönalişi deb atadi, şuningdek, mamlakatlar rahbarlarini xalqaro terrorizmga qarşi kuraşda kuçlarni birlaştirişga çaqirdi.

×