Insoniyat ilk marotaba Quyoşni «uşlab kördi»

Insoniyat ilk marotaba Quyoşni «uşlab kördi»

AQŞning «Parker Solar Probe» fazoviy apparati ilk marotaba Quyoş atmosferasiga kirdi, deya xabar berdi NASA matbuot xizmati.

Fazoviy qurilma Quyoş atmosferasi yuqori qatlamlari oralab uçib ötib, zarralar va magnit maydonlari namunalari töplagan.

NASA taʼkidlaşiça, uşbu voqea Quyoşni örganişlar tarixida ulkan sakraşdir. Quyoş taşkil topgan moddaga «teginiş» bizga eng yaqin yulduz va uning Quyoş tizimiga taʼsiri haqida olimlarga muhim maʼlumot beradi, deyiladi fazoviy agentlik xabarida.

×