2020 yil 6 oktyabr soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 59 443 (+100) nafarni taşkil etmoqda.
SSV xabariga köra, yangi kasallaniş holatlarining 76 nafari Toşkent viloyatida, 24 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Eʼtiborli jihati, bugun Toşkent şahrida 254, Toşkent viloyatida 92, Namangan viloyatida 17, Andijon viloyatida 12, Qaşqadaryo viloyatida 10, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham 10, Farğona viloyatida 8, Surxondaryo viloyatida 6, Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Şu tariqa yurtimizda koronavirus infektsiyasiga çalingan 56 165 (+414) nafar fuqaro (94 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 2789 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









