“Omicron” Özbekiston çegarasiga yaqinlaşdi

Rossiyada koronavirusning "omicron" ştammi bilan kasallaniş holatlari aniqlandi. Virus Janubiy Afrika Respublikasidan qaytgan ikki kişida qayd etilgan. Bu haqda Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligini nazorat qiliş federal xizmati (Rospotrebnadzor) maʼlum qildi.

"Rospotrebnadzor Markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ötkazilgan irsiyat böyiça sekventsiya natijasida rasadxonada bölgan birinçi kunida olingan PZR testi ijobiy bölgan ikki bemorda "omicron"ştammi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, idora matbuot xizmati Rossiya Federatsiyasiga Janubiy Afrikadan kelgan 10 nafar fuqaroda PZR testi ijobiy aniqlangani haqida xabar bergan.

"Qattiq nazorat olib borilgaç rasadxonadagi 10 kişida koronavirus uçun olingan PZR test ijobiy natija körsatdi. Boşqa bemorlardan olingan namunalar tahlili davom ettirilyapti, Rospotrebnadzor vaziyatni alohida nazoratga olgan", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 ştammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Şundan söng JAR, Gonkong va boşqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 27 ta davlat hududida aniqlangan.

Uning asosiy xususiyati – öta yuqumli va insonning kasal bölib tuzaliş va vaktsinalaş orqali orttirgan immunitetiga çap berib öta oladi. JSST yangi ştammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.

×