IŞIDning Xuroson bölimi jangçilari Afğoniston hududidan Özbekistonga raketalar uçirişga uringan, biroq snaryadlar özbek çegarasigaça yetib bormagan. Bu haqda “Farhatnews” axborot agentligi “Tolibon” harakati matbuot kotibi örinbosari Inomulla Samangoniyga asoslanib, xabar berdi.
“IŞID ekstremistik guruhining Özbekistonga bergan muvaffaqiyatsiz raketa zarbalari mamlakatga yetib bormadi”, deydi Samangoniy.
“Tolibon” vakilining qöşimça qilişiça, raketalar uçirilgan joy barqarorlaşgan va ularga aloqadorlikda gumon qilingan uç kişi bir qança snaryad bilan qölga olingan. IŞID raketalari Özbekiston hududiga tegişli bölmagan vayronalarga tekkan.
“Afğoniston Islom Amirligi heç kimga bizning hududimizdan qöşni davlatlar xavfsizligiga tahdid qilişga yöl qöymaydi”, deya taʼkidlagan Inomulla Samangoniy.
Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Afğoniston tomonidan Özbekistonning uşbu mamlakat bilan çegaradoş Termiz şahridagi mudofaa obʼektlariga IŞID terroristik guruhi raketa hujumi uyuştirgani haqida maʼlumotlar tarqalgandi. Holat böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi örinbosari - Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov bayonot berib, uşbu xabarlar yolğon ekanini urğuladi.
“Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz şahri atrofida Özbekiston harbiylari Afğoniston hududidan raketalar bilan öqqa tutilgani töğrisida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi. Özbekiston Mudofaa vazirligi va Çegara qöşinlari bergan maʼlumotga köra, Özbekiston-Afğoniston çegarasida heç qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror.
Provokatsiyalarga berilmasligingizni söraymiz”, degan Asadov.
Undan keyin Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ham holat böyiça bayonot bilan çiqib, çegaradagi vaziyat barqaror va nazorat ostidaligini maʼlum qildi. Jumladan vazirlik bayonotida şunday deyiladi:
“Afğoniston hududidan Özbekistonning Termiz şahridagi harbiy obʼektlariga raketa hujumi uyuştirilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Özbekiston-Afğoniston davlat çegarasi Özbekiston harbiylari tomonidan töliq nazorat qilinib, barqaror vaziyat taʼminlanmoqda. Fuqarolarimizdan bu kabi yolğon xabarlarga işonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanişlarini sörab qolamiz”.
Şundan söng, Afğonistonning “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumati ham mamlakat hududidn Özbekistonning Termiz şahriga raketa hujumi uyuştirilganini rad etdi.
“Afğoniston Islom Amirligi Taşqi işlar vazirligi afğon tomonidan Özbekistonning Termiz şahriga raketa zarbasi berilgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan miş-mişlarni inkor etadi. Afğon-özbek çegarasidagi vaziyat odatdagidek, xavotirga örin yöq”, deb yozgan Afğoniston TIV vakili Abdul Qahor Balxi Twitter’dagi sahifasida.
manba: Qalampir.uz









