Olimlar koronavirusni pul orqali yuqtiriş mumkinligini maʼlum qildi. "Izvestiya" xabariga asosan.
Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, bolalardagi yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Ivan Konovalovning sözlariga köra, yangi 2019- nCoV maişiy buyumlar, pul banknotalari va uyali telefonlar orqali, havo orqali yuqadigan har qanday infektsiya kabi yuqtirilişi mumkin.
Virus bemorning yötal yoki aksirişi orqali havo tarqaladi, maişiy buyumlar ustiga tuşadi. Bu gripp virusi, qizamiq, suvçeçak, rinovirus va yangi koronavirusga xos.
Yangi koronavirus
Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi bölgan Uxan şahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalişi haqida xabar qilingandi.
Keyinçalik, kasallik qözğatuvçisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.
Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bir kun içida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga köpaygan. Kasallikdan tuzalganlar soni 243 nafarga yetdi.
Xitoydan taşqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindiston, Rossiyada yuqtiriş holati qayd etilgan.
Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olişini xalqaro ahamiyatga ega bölgan favqulodda holat, deb tan oldi.









