Vaktsina olgan odam nima uçun “maska” taqişi kerak?

Vaktsina olgan odam nima uçun “maska” taqişi kerak?

Özbekistonda COVID-19 ga qarşi emlanganlar uçun ham tibbiy niqob taqiş majburiy hisoblanadi. Biroq jamoatçilik orasida bunga ehtiyoj borligi şubha ostiga olinmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bölim boşliği Dilorom Tursunova uşbu holatga izoh berdi. 

“Koronavirusga qarşi immunitet vaktsinaning ikkinçi dozasi olinganidan söng, 3 hafta ötib paydo böladi. Şu davr içida odam kasallikdan töliq himoyalanmagan böladi. Şu bois, har bir emlangan inson profilaktika çoralarini körişi kerak”, deydi Dilorom Tursunova.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik xizmat vakili qanday holatda niqob taqişga hojat qolmasligiga aniqlik kiritdi.

“Bundan taşqari, mamlakatimiz hududida tibbiy niqob taqib yuriş tartibi hozirça bekor qilingani yöq. Emlanganmi yoki yöqmi – tibbiy niqob barça uçun majburiy. Agar inson yolğiz bölsa, tevarak-atrofida katta radiusda boşqa bir muloqotçi bölmasa, tabiiyki, yon-atrofda koronavirus yuqiş va yuqtiriş xavfi bölmaydi. Bunday holatda öz-özidan tibbiy niqob taqişga ehtiyoj qolmaydi”, deydi Tursunova.

×