Namanganda Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi foydalanişga topşirildi
Joriy yilning 23 dekabr kuni Namanganda Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi foydalanişga topşirildi. Uşbu tadbirda Saida Mirziyoyeva ham iştirok etdi.
Tadbirni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov oçib berdi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ham öz fikr mulohazalarini bildirdi.
Bugun foydalanişga topşirilayotgan kutubxona Namangan viloyati aholisi, kitobxonlari hamda yoşlar uçun eng sevimli joyga aylandi. Bu yerda masofadan turib kitob öqiş uçun viloyatlar hamda rivojlangan davlatlar kutubxonalari bilan elektron kitob öqiş imkoniyati ham yaratilgan. Hududda yuqori tezlikdagi internetga ega bölgan WI-FI zonasi mavjud.
Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bir vaqtning özida 450 nafar kitobxonga xizmat körsata oladi. Bu yerda 573 ming kitob fondi bor. Şundan 200 mingga yaqini badiiy asarlar, 5000 nomdagi elektron kitoblardir. Bundan taşqari 100 mingdan ortiq jurnallar, katta adaddagi gazetalar ötmiş solnomalari sifatida öqilmoqda. 1000 dan ortiq nodir adabiyotlar esa nihoyatda qadrlanib mutolaa qilinadi.
Rekonstruktsiyadan söng zamonaviy körinişga ega bölgan binoda Bookcafe, yangi adabiyotlarning körgazmalar zali, media va internet zali, horijiy yozuvçilar asarlarini öqib-örganiş uçun Döstlik öquv zali, şuningdek, Özbekiston, yoşlar va ilmiy zallar mavjud. Öquv markazi hamda bolajonlar zali bejirim jihozlangan. Nodirabegim zalida bu halqona şoiraning hayoti va ijodi, u yaşab ötgan davrdan hikoya qiluvçi eksponatlar ham joylaştirildi.
Bugun bu qutluğ dargohni viloyat hokimligi yana 60 ming dona kitob bilan boyitdi. Özbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 50 mln. sömlik eng sara adabiyotlar sovğa qilindi.
Uşbu ziyo maskaniga kirgan kişining közi quvonişi, köngli tölişi aniq. Qişda ham, yozda ham möʼtadil havo kitobxon uçun, saqlanayotgan kitoblar uçun ham birday qulay. Köp yozmaylik, yaxşisi Nodirabegim kutubxonasiga bir keling, unga har kuni keladigan bölib qolasiz.
Maʼlumot örnida Axborot-kutubxona markazi rekonstruktsiyasi va taʼmirlaş işlari uçun Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi mablağlari xisobidan 10 mlrd. söm ajratildi. Viloyat hokimligi tomonidan 1,5 mlrd. sömga yaqin obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi.














