AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik Özbekiston rasmiylariga YouTube kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşib, muzokaralar ötkazişga yordam beradi. Bu haqda elçining Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov va Prezident Administratsiyasi Ijro etuvçi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şöba mudiri Saida Mirziyoyeva bilan ötkazgan uçraşuvida söz borgan.

“Uçraşuvda köplab loyihalar yuzasidan fikr almaşdik. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etiş masalalarini muhokama qildik”, deydi Komil Allamjonov özining Telegram-kanalida.

Allamjonovning maʼlum qilişiça, unga köplab blogerlardan YouTube monetizatsiyasining çeklanişi yuzasidan murojaatlar kelib tuşgan. Şu bois uçraşuvda AQŞ elçisi bilan uşbu kompaniya vakillari bilan uçraşuv taşkil etiş va vaziyatni örganiş böyiça kelişib olingan.










