27 yanvar kuni Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining öndan ortiq kanalida efir taxminan bir soatga uzilib qoldi. Bu soat 17:00dan 18:00gaça bölgan vaqt içida sodir böldi. Köpçilik ayb televizorda deb öylaganini aytmoqda.
Internetda tarqalgan xabarlarga köra, elektr uzatiş liniyalari eskirganligi sababli tok uzilib qolgan. Ammo hali rasman izoh berilgani yöq.
Dastavval çekka tumanlarda boşlangan elektr uzilişi poytaxtga tört-beş yil muqaddam yetib kelgan. Toşkent tumanlarida tez-tez elektr uzilib turişi sir emas.
2019 yilning 27 noyabrida "Özbekiston 24" telekanalida saylovoldi debatlari jonli efirga uzatilayotgan vaqtda elektr uzilişi natijasida efir beş daqiqaga töxtab qolgandi. Şu kuni Toşkent metropolitenida ham elektr uzilib çiroqlar öçib qolgan. Buning uçun Özbekiston energetika vazirligi darhol uzr söragan edi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati özining kanalida yuqoridagi holatga munosabat bildirib, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi joylaşgan Şayxontohur tumani hududida 27 yanvar kuni elektr taʼminotida umuman uziliş bölmaganini aytdi.
energetika









