Kunni 26 soatga uzaytiriş talab qilinmoqda

Kunni 26 soatga uzaytiriş talab qilinmoqda

Norvegiyaning Vadsyo şahri meri Vençe Pedersen bir sutkani 24 soat emas, 26 soat etib belgilaş talabi bilan Yevropa komissiyasiga murojaat qildi. Bu haqda keça, 11 aprel kuni mamlakatning NRK naşri xabar berdi.

Vençe Pedersen kunni ikki soatga uzaytiriş böyiça ğalati reja işlab çiqib, öz mintaqasini tarğib qilişga qaror qildi. U Yevrokomissiyadan mamlakat hukumatini mintaqada 24 soat örniga 26 soatlik vaqt zonasini örnatişni maʼqullaş majburiyatini yuklaşni söragan. 

Uning fikriça, uşbu çora aholiga öz oilalari bilan böş vaqtlarini ötkaziş uçun köproq vaqt beriş orqali mahalliy qadriyatlarni mustahkamlaydi, şuningdek, mintaqaga yangi sayyohlar va yangi aholini jalb qiladi.

“Ğoyaning asl mohiyati şundaki, vaqt qimmatli manba bölib, u uzoq şimolda yaşaşni yanada jozibador qiladi. Bu vaqtni oila va döstlar bilan köproq vaqt ötkaziş uçun işlatiş mumkin”, deydi Pedersen.

Qolaversa, mer öz murojaatida Vadsyo aholisi odamlarga baliq tutiş, ov qiliş, yangi tillarni örganiş yoki yaqinlar bilan muloqot qiliş kabi maşğulotlar orqali köproq vaqt ötkaziş imkoniyatini taklif qilib, uşbu noyob hayot tarzini nişonlaş va tarğib qilişga intilişini yozgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Myunxen Texnika Universiteti mutaxassislari Yer sayyorasining aylanişi sekinlaşişga moyilligini aniqlaşgandi. Şu sababli, hozirda 24 soat bölgan sutka taxminan 200 million yildan keyin 25 soatga uzayişi mumkin.


Teglar:
×