Italiyalik ayol liftda 27 soat qamalib qoldi

Italiyalik ayol liftda 27 soat qamalib qoldi

Italiyaning Paduya şahrida istiqomat qiladigan ayol liftda 27 soat qamalib qoldi.

Hodisa 28 iyunda röy bergan. Mahalliy vaqt bilan 09:30 atrofida ayol lift çaqirgan va xizmatkor ayolni asosiy eşik oldida kutib olişni maqsad qilgan. Ammo lift töxtab qolgan. Faqat şundagina içkarida yordam çaqirişga möljallangan tugma yöqligi maʼlum böladi.

Boz ustiga ayolning yonida heç qanday aloqa vositasi bölmagan. Uyni tozalaş uçun kelgan xizmatkor esa uning qiçqiriqlarini eşitmagan. Xabar qilinişiça, u quloqçinda musiqa eşitib işlagan edi.

Öşa kuni Paduyada ob-havo 30 darajani taşkil etgan. Lift içida esa 50 darajaga qadar yetib borgan. Faqat oradan bir sutka ötib qamalib qolgan ayolni qizi qutqarib oladi.

Onasi qönğiroqlarga javob bermayotganidan xavotir olgan farzand xabar oliş uçun uyga keladi. U liftdan kelayotgan qiçqiriqni eşitadi va darhol öt öçiruvçilarni yordamga çaqiradi. Şu tariqa jabrdiyda qutqarib olindi.

Xabar qilinişiça, liftdan çiqarib olingan ayolga heç qanday tibbiy yordam zarur bölmagan.

×