Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonasida elektr taʼminoti uzilib qolgani haqida maʼlumotlar tarqaldi. Jurnalist Xurşid Daliyevning Twitter sahifasidagi postida Covid markazida ahvol yomonlaşib, kislorod kontsentratoriga ulangan bemorlarning köpçiligi vafot etgani aytilgan.
Mazkur xabarlar qançalik haqiqatga yaqinligini örganiş uçun QALAMPIR.UZ muxbiri Soğliqni saqlaş va Energetika vazirliklari Matbuot kotiblari bilan boğlandi.
Soğliqni saqlaş vaziri Matbuot kotibi Furqat Sanayev bu maʼlumot haqiqatga umuman töğri kelmasligini taʼkidladi.
“Bunday voqea bölmagan. Keça Zangiotadagi şifoxonada elektr energiyasi uzilmagan. Kasalxonada birorta ham ölim qayd etilmagan. Barça şifokorlar koronavirus bilan kuraşga jalb qilingan bir vaqtda bunday bölişi aqlga siğmaydi”, dedi SSV vakili.
Öz navbatida, Energetika vazirligi Matbuot kotibi Sabina Sagadeyeva ham Zangiotadagi yuqumli kasalliklar şifoxonasi elektr energiyasi taʼminotidan uzilib qolganini rad qildi. Vazirlik tez orada bu böyiça rasmiy munosabat bildirişini qöşimça qildi.
Eslatib ötamiz, Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxona joriy yilning 6 iyulidan bemorlarni qabul qila boşlagan. Şifoxona yangi va zamonaviy talablarga moslab qurilgan. Tibbiyot muassasasida elektr energiyasidagi uzilişlarni inobatga oligan holda generatorlar ham örnatilgan bölişi kerak.









