Iş, öqiş yoki uçraşuvlarga borganda oğizdan yoqimsiz hid kelmasa böldi, deb xavotirlanuvçilar talaygina. Ammo ayrimlar özidagi bu holatni payqamaydi va atrofdagilar oldida noqulay vaziyatga tuşişadi.
Uşbu maqolada 2 daqiqa içida yoqimsiz hidni yo‘qotişga yordam beruvçi sinalgan tavsiyalarni havola qilamiz…
Avvaliga hidni aniqlaymiz
Özingizni hidlab köring
Çin ma’noda inson öz oğzidan kelayotgan hidni aniqlay oladi. Buning uçun burun-oğiz qöllar bilan berkitiladi va oğizdan nafas çiqariladi. Şu holatda burundan nafas olinadi.
Sölakni hidlab köriş
Bilakning içki qismiga til tekkiziladi va biroz qurigaç, tegilgan joy hidlab köriladi.
Barmoq tekkizib köriş
Barmoq til uçiga tekkiziladi va burun bilan hidlab köriladi. Bu orqali siz kelayotgan hidni aniq seza olasiz.
Tez yo‘qotiş usullari
Yuqoridagi usullar yordamida oğizdan hid kelayotganligini aniqlagan bölsangiz, endi uni yo‘qotuvçi eng samarali tavsiyalarga töxtalib ötamiz.
• Limon, laym çaynaş. Uşbu sitrus mevalarini pösti bilan çaynasangiz, yoqimsiz tarovat tez yo‘qoladi.
• Qahva. Uşbu içimlik tarkibidagi kofein moddasi yoqimsiz hidni yo‘qotadi. Yoki bölmasa, 3-4 dona qahva donaçalarini çaynaş ham foydali böladi. Ularni yoningizda ham olib yurişingiz mumkin. Qahva hidni 7-8 soatga yo‘qotadi.
• Çinnigul şohçasini bir neça daqiqaga çaynaş ham hidni bartaraf etadi. Undagi efir moylari kayfiyatni ham kötarişga yordam beradi.
• Nordon olma yeyiş orqali hidni “ötmaslaştiriş” mumkin. U tişlardagi karaşni tozalaydi.
• Yonğoq yoki pista çaqiş ham masalani ijobiy hal qiladi. Bu mahsulotlar 1-2 soatgagina ta’sir etişi mumkin. Şuningdek, ular sarimsoqpiyozning hidini ham bartaraf eta oladi.
• Har kuni asalari mumini iste’mol qiliş orqali “yoqimli” hidni yo‘qotsa böladi. U oğiz böşliğining şilliq qavatini yaxşilaydi.
• Oğizni tuzli eritmada çayqaş ham hidni ketkazişi mumkin. Buning uçun 1-2 daqiqa vaqt sarflaş kifoya.
• Ertalab oğiz böşliğini ösimlik moyi bilan çayqasangiz, nafasingizni xuşböy qilgan bölasiz.









