Şuhrat Abdurahmonov 10 daqiqada 81 marta «hurmatli prezident»ni işlatdi...

Şuhrat Abdurahmonov 10 daqiqada 81 marta «hurmatli prezident»ni işlatdi...

Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni «Yoşlar forumi»da bir neçta hokim bilan suhbatlaşdi va viloyatlarda qilingan işlar böyiça hisobotlarni tingladi.

Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov «Yoşlar forumi»da davlat rahbariga murojaat qilayotib, 10 daqiqayu 21 soniya davomida 81 marta «hurmatli prezident» dedi. Uşbu sözlarni «Gazeta.uz» muxbiri hisoblab çiqqan.

U örtaça har 7,6 sekundda bir marta şunday murojaat qildi.

Soliştiriş uçun, Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov xuddi şu tadbirda 12 daqiqa va 35 sekund davom etgan nutqi davomida uşbu sözlarni 22 marta talaffuz qilgan. Yaʼni har 34,3 sekundda bir marta «muhtaram prezident» deya murojaat qilgan.

×