Harakati yöq, ilmi yöq, hunari yöq odam kambağal böladi. Bu fikrni bugun, 22 iyul kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov Telegram’dagi kanalida yozib qoldirdi.
Uning qayd etişiça, u özini Özbekistonda kambağallik yöq deb uzoq yillar davomida aldab kelgan.
“7 yil avval, xalqaro mezonlarga köra Özbekistonda 34 foiz aholi kambağal edi, 2023 yilda bu körsatkiç 14 foizgaça qisqaribdi”, deydi Qodirov ğururlanib.
U kambağallik – mağlubiyatga rozilik, deb öylaşini aytgan.
“Kim kambağal böladi? Birinçi navbatda harakati yöq, ilmi yöq, hunari yöq odam kambağal böladi! Kimdir hayoti davomida imkoniyat izlasa, kimdir aybdor izlaydi”, deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari.
Unga köra, davlat qança harakat qilmasin, mağlublar kambağal bölib qolaveradi.
Qodirovning nima uçun tuyqusdan bu masalani kötarib qolgani hozirça mavhum. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan eʼtirozlar yangray boşladi.
Facebook foydalanuvçisi Xolida Abdusalomovna Qodirovning tarixiy va olamşumul fikrlariga quyidagiça izoh qoldirgan:
“Alişer Qodirov fikringiz notöğri. Kambağallar içida iş topolmagan, nogiron, oilasidan ajralgan, yaʼni vafot etganlar, ota-onasi taşlab ketgan va qari bobosi bilan yoki momosi bilan yaşayotganlar bor. Men ham öqituvçilik qildim, ham paxta terdim, çopiq qildim, ammo nega boyib ketmadim?! Endi soğligimni yöqotdim. Meni şaroitmni bilasiz, esingizdan çiqmagan bölsa kerak?! Men öqituvçilikni tanlaganim xatoimmi? Vaqtida yaxşi işladim, olganim maqtov yorliği. Kimdir kambağallikga özing aybdorsan deyişdan oldin atrofga boqib öylab körsin. Rabindranat Tagorni köp öqiganman...”
Yana bir tarmoq faoli Abror Usarov Qodirov aytayotgan kambağallik amalda emas, qoğozda qisqargani, aksinça, çekka hududlarda kambağallar köpayganini aytib, izoh qoldirdi:
“Afsuski, hamma kambağalllik qoğozda qisqardi! Şaxsan özim bilgan qişloqlarda 20-30 foiz oila kambağal böldi – asosiy sabab bir neça yil avval ular uçun oziq-ovqat oliş muammo emasdi – hozir öşa oilalar kunlik oziq-ovqat uçun işlaşmoqda!
Un sotib ololmayotgan oilalar soni oşdi! Magazindan hamir qilib, non yopiş uçun kilolab un sotib oladiganlar köpaydi. Qiziqqanlar uçun şaxsan olib borib körsatişim mumkin”.
Eslatib ötamiz, bu Qodirov bilan boğliq birinçi bunday holat emas. U 2021 yil prezident saylovidan oldin ötkazgan uçraşuvlarida xorijda yurgan migrantlar ham daromadidan soliq tölaşi kerakligini aytib, obrösiga ançayin putur yetkazgan edi.









