“Ismoiliy” jamoasining sobiq futbolçisi, “Al-Majd” boş murabbiyi Adham al-Selhedar Misrning 2-divizionida jamoasining ğalabasini nişonlayotgan vaqt yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Misrning mahalliy naşrlari xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, joriy yilning 2 dekabr kuni Misrning ikkinçi divizionida “Al-Majd” jamoasi “Al-Zarka” jamoasi bilan töqnaş kelgan. Uçraşuvda heç qaysi jamoa gol urmagan va öyin durang natija bilan bilan yakunlanişi taxmin qilingan. Ammo “Al-Majd” futbolçilari öyinning qöşib berilgan daqiqasida, yaʼni 93-daqiqada raqib darvozasiga töp kiritib, uç oçkoni qölga kiritgan va ğalaba qozongan.
Biroq kutilmagan ğalaba, kuçli quvonç, öyinçilarning birgalikdagi nişonlaşiga Adham al-Selhedarning yuragi doş bera olmagan va xuşidan ketgan. Darhol şifoxonaga olib borilgan bölişiga qaramasdan şifokorlar murabbiydagi yurak xurujidan söng qayd etilgan ölimni tasdiqlagan.
Adham al-Selhedar jamoasi 6 kunlik motam eʼlon qilgan.









