Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, “Namangan şahri Çorsu dehqon bozori hududida savdo qiluvçilardan “Navbahor” futbol klubiga zörlab tuşum yiğilayotgani” haqidagi iddaolar yuzasidan viloyat adliya boşqarmasi, şahar adliya bölimi hamda Viloyat bozorlari aktsiyadorlik jamiyatlari uyuşmasi tomonidan “Çorsu dehqon universal bozori” hududida qöşma örganiş ötkazildi.Mazkur iddaoning haqqoniylik darajasini örganiş maqsadida bozori hududida savdo qiluvçi tadbirkorlar bilan suhbat taşkil etildi.Suhbat davomida tadbirkorlar, tarqatilgan xabarda keltirilgan holatning uydirma ekanligini, patta tölovlaridan taşqari boşqa maqsadlarda heç qanday tölov talab etilmayotganligini bildirdilar.Şuningdek, adliya organlari tomonidan “Çorsu dehqon universal bozori” AJ raisi hamda xodimlari iştirokida profilaktik suhbat ham ötkazilib, Özbekiston Respublikasining homiylik töğrisidagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tuşuntiriş berildi.
manba: vodiymedia.uz









