Namangan şahar hokimligida şahardagi mahallalardan biridagi yöllar ahvoli böyiça eʼlon qilingan tanqidiy maqola yuzasidan brifing ötkazildi va muammo yaqin orada hal etilişi maʼlum qilindi.

6 mart kuni Kun.uz saytida Namangan şahridagi Markaziy Marğilon köçasidagi holat haqida «Namangan şahridagi abgor yöl: haydovçilar asabidan, maşinalar ballonidan ayrilmoqda» sarlavhali tanqidiy maqola eʼlon qilingan edi. Materialda bir neça yildan beri serqatnov yölning nosozligi avtomaşina haydovçilari va yölovçilar uçun noqulayliklar tuğdirayotgani bayon qilingan.

10 mart kuni Namangan şahar hokimligi mazkur tanqidiy masala yuzasidan brifing ötkazdi. Unda Namangan şahrining yöl sohasi mutasaddilari, şahar YPX vakili, şahar kengaşi deputatlari, Markaziy Marğilon köçasi hududidagi mahalla fuqarolar yiğini oqsoqollari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etişdi.

Brifingda şahar hokimi örinbosari Jobirxon Abdullayevning mazkur holat yuzasidan çiqişi tinglandi. Uning sözlariga köra, Vazirlar Mahkamasining «2017-2019 yillar davrida Namangan şahrining yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan, Namangan şahrining Uyçi, Hamroh, Ğalaba, Marğilon va Qöqon köçalarida keng kölamda obodonlaştiriş va qayta quriş işlari amalga oşirilişi belgilangan. Uşbu dasturga asosan, Marğilon köçasida içimlik suvi, kanalizatsiya, tabiiy gaz, elektr, aloqa tarmoqlari tortiş, sifatini yaxşilaş va yöllarni rekonstruktsiya qiliş rejalaştirilgan.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan şahar boş rejasiga asosan, Marğilon köçasida yölning ikki çetidagi aholi xonadonlarini şaharning boşqa hududiga köçirgan holda, yölni kengaytiriş va jami 82ta obʼekt qurilişi belgilangan.
Ötgan yillarda Marğilon köçasida köçirilişi rejalaştirilgan xonadonlarni buziş işlarini amalga oşiriş imkoni bölmagani sababli, kelgusida Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan uşbu köçada quriliş va obodonlaştiriş işlari bosqiçma-bosqiç bajarilib, yölning ikki çetida rejalaştirilgan obʼektlar qurilişi jarayonida kommunikatsiya tarmoqlari tortiş, işlar yakunida uşbu köçada 3,47 kilometr masofada yölni kapital taʼmirlaş rejalaştirilgan.

Joriy taʼmirlaş rejasiga asosan, yana 646,7 mln sömlik 5531 m2 yölda asfaltlaş işlari bajarilişi közda tutilgan. Bu işlarni 2020 yilning birinçi çoragi oxiriga qadar yakunlaş çoralari köriladi va Markaziy Marğilon köçasi töla taʼmirlanadi.

Brifing davomida yölsozlar, şahar YPX xodimlari va mutasaddilar jurnalistlarning şahar hududidagi boşqa yöllarning holati böyiça berilgan savollarga ham javob berişdi.
Namangan «Suvoqova» DUK ham mazkur maqola yuzasidan munosabat bildirib, tanqidiy maqolada aks ettirilgan içimlik va oqova suv tarmoqlari böyiça kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça Namangan şahar filiali tomonidan tezkor çora-tadbirlar belgilangani haqida maʼlumot bergan. Unda Marğilon köçasidagi içimlik suv tarmoği joylaşgan joylardagi mavjud xavfli çuqurliklar töldirilgani va kamçiliklar bartaraf etilgani aytiladi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov









