Mirza Azizovning «sönggi maktubi» yuzasidan SSV örganiş ötkazdi

Mirza Azizovning «sönggi maktubi» yuzasidan SSV örganiş ötkazdi

Avvalroq publitsist Şuhrat Rizayevning Özbekiston xalq artisti Mirza Azizovning vafoti tafsilotlari bayon qilingan maqolasi keng muhokamalarga sabab bölgandi. SSV matbuot xizmati vaziyat yuzasidan Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasidagi mutaxassislar hamda marhumning yaqinlari bilan boğlandi.

Maʼlum bölişiça, marhum M. Azizov Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga şu yilning 23 mart kuni murojaat qilgan. Bemorda koronavirusga PZR test tahlili musbat, öpka töqimasi 60-65 foizgaça zararlangani va organizmning kislorodga töyinganligi – saturatsiya darajasi 78-80 foiz bölgani uçun bemorning umumiy ahvoli oğir deb baholanib, şifoxonaning B-blokidagi 2-reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

Bemorning kasallik tarixi örganilganda, şifoxonaga kelişidan oldin 17 mart kuni ham PZR test tahlili topşirgani va tahlil natijasi musbat çiqqani maʼlum bölgan. 18 mart sanasida esa bemorda tana haroratining 38 S darajagaça kötarilişi, nafas olişining qiyinlaşişi, umumiy holsizlik kuzatilgan.

Şifoxonaga borgunga qadar uy şarotida 4 kun davomida davolangan. 22 mart kuni turmuş örtoği va farzandlarida ham tana harorati kötarilişi kuzatilganligi sababli bemor bilan birgalikda 23 mart kunida Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojat qilgan.

Ş.Rizayevning maqolasida marhum reanimatsiya bölimiga olinganda özini alohida xonaga ötkazişda yordam sörab murojaat qilgani aytiladi. Bu borada şifoxona direktori Doniyor Mirazimov bemorlar nima uçun reanimatsion zalga joylaştirişi kerakligi haqida tuşintiriş bergan.

 — Reanimatsiya bölimi jahon standartlariga mos ravişda jihozlangan. Şifoxonamizning reanimatsiya bölimi 36 nafar bemorga möljallangan bölib, 6 ta reanimatsion zaldan iborat. Butun dunyo şifoxonalarining reanimatsiya bölimlarida bölgani kabi bir zalda 6 nafar öta oğir bemorga reanimatsion va intensiv yordam körsatiladi, – deydi D. Mirazimov. – Har bir zalda 1 ta reanimatsion post taşkil qilingan bölib, 1 nafar reanimatolog şifokor, 2 nafar reanimatsiya hamşirasi, 1 nafar kiçik tibbiy xodim sutkasiga 3 smenada doimiy ravişda bemorlarni nazorat qilib turadi.

Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov: «Faqat bizning şifoxonada emas, balki dunyodagi eng yetakçi klinikalar, masalan, Isroildagi Içilov markazi va Assuta markazi, AQŞdagi Jons Xopkins universiteti şifoxonasi va Sedars-Sinay tibbiyot majmuasi, Germaniyadagi Myunxen universiteti klinikasi va Şarite tibbiyot majmuasi, Janubiy Koreyadagi Gaçon tibbiyot universitetining Gil şifoxonasi va Buyuk Britaniyadagi Greyt-Ormond-strit şifoxonalarining reanimatsion bölimlarida ham xuddi şunday tartib joriy qilingan.

Reanimatsiyaga olingan bemorni alohida xonaga joylaştirişning bir qança muammolari bor. Reanimatsion zalda birgina kardiomonitor qurilmasi orqali 6 ta bemorning körsatkiçlarini bir vaqtning özida nazorat qilib turiş mumkin. Bunday bemorlarni alohida xonaga joylaştirişning qiyinçiligi şundaki, agar bemorning ahvoli oğirlaşgudek bölsa, asosiy mutaxassislar uning yoniga zudlik bilan yetib borişi uçun vaqt ketişi mumkin. Bizni tanqid qiluvçi hamyurtlarimiz bunday vaziyatda bir soniyaning ham ahamiyati bebaho ekanini öylab fikr bildirganlari yaxşi edi».

Bir oy davomida M. Azizovning muolaja işlariga bevosita rahbarlik qilgan reanimatsiya bölimi boşliği Begali Hakimovni ham suhbatga qöşiladi.

 —  Şifoxonamizdagi boşqa oğir ahvolda yotgan bemorlar qatori marhum M.Azizovning ham ahvoli nafaqat mamlakatimizdagi yetakçi şifokorlar, balki jahonning sohadagi eng nufuzli mutaxassis olimlari tomonidan örganilib, kerakli tavsiyalar olib turildi, – deydi B. Hakimov. – Xususan, oxirgi marta Moskva Soğlikni saqlaş boşqarmasi boş reanimatologi, professor, tibbiyot fanlari doktori M.N.Zamyatin hamda yurtimizning yetakçi professorlari iştirokida bemor bevosita tibbiy körikdan ötkazilib, konsultatsiyalar taşkil qilindi. Ularning tibbiy körsatma va maslahatlari asosida intensiv davo muolajalari davom ettirildi.

Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi 2-reanimatsiya bölimi boşliği Begali Hakimov bemorning turmuş örtoği T.Azizovaning holati 9 kunda, boşqa oila aʼzolarining ham umumiy holati 7 kundayoq yaxşilanib, kasallikdan foriğ bölganligi uçun uyiga ruxsat berilgan. Keyinçalik bemorning talabiga köra, turmuş örtoği unga qarovçi sifatida çaqiriladi. Biroq bemordagi yurak işemik kasalligi, xafaqon kasalligi 2-3 darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlik 2-darajasi kabi hamroh kasalliklar fonida uning umumiy ahvoli oğirlaşib borgan. 5 aprel kuni qayta ötkazilgan MSKT tekşiruvida öpka töqimasining zararlanişi 70-75 foizga oşgani kuzatildi.

Şu yilning 16 aprel kuni olib borilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan, bemorda klinik ölim xolati, yaʼni yurak faoliyatining töxtaşi kuzatiladi, bemorda ötkazilgan reanimatsion çoralarga qaramasdan biologik ölim holati qayd etilgan.

Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimi bemorda ötkazilgan intensiv davo çoralarining har bir bosqiçini turmuş örtoği kuzatib borgani aytiladi.

Tojibar Azizovaning marhumning şifoxonadagi holati, uning hayotini saqlab qoliş uçun şifokorlar tomonidan olib borilgan çoralar haqidagi gapirgan.

 —  Afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlarda turmuş örtoğimning vafoti töğrisida tarqalayotgan turli asossiz maʼlumotlarni öqib, xafa bölayapmiz, — deydi Tojibar Azizova. — Göyoki, uşbu xabarlarda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasida bemorlar uçun yetarli şaroit bölmagani tufayli Mirza akam vafot etgandek. Oçiğini aytsam, men faqat körgan narsalarimgagina işonaman. Şu bois, umr yöldoşimning sönggi kuniga qadar yonida bölgan inson sifatida şuni işonç bilan ayta olamanki, uşbu muassasada mehnat qilayotgan kiçik xodimdan tortib, hamşira, feldşer va şifokorlargaça Mirza akamning soğayib ketişlari uçun yurakdan işlaşdi. Işoning, qöllaridan nima kelsa, qaysi davo muolajasi zarur bölsa, amalga oşirdilar.

Rahmatli turmuş örtoğim tabiatan noziktaʼb inson edilar. Şifokorlarning qatʼiy talablariga ham unça eʼtibor bermasdan, biroz erkalik qilganlari bor gap. Özlari «mendan oğir ahvoldagi bemorlar ham soğayib çiqyapti, mening ahvolim önglanmayapti» degan gapni köp aytdilar. Oradan biroz vaqt ötib, öylab körsam, şifokorlarning talablarini sözsiz bajarganimizda Mirza akamni saqlab qoliş mumkinmidi, degan xayolga boraman.

Şifokor va hamşiralarning umr yöldoşimga körsatgan ğamxörliklaridan butun oilamiz minnatdormiz. Qaniydi, şifoxonaga kirişga imkon bölsayu, öşa yerdagi barça hamşira va şifokorlarni bir-bir bağrimga bosib, ularga beminnat xizmatlari uçun rahmatlar aytsam, deya Tojibar Azizovaning sözlarini keltiradi SSV matbuot xizmati.

Eslatib ötamiz, Özbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatri direktori Mirza Azizov 16 aprel kuni 58 yoşida vafot etgandi.

Mirza Azizovning ölimi arafasida «meni tuzukroq joyga ötkazişsin» deya şifoxonadan yozgan maktubi ham eʼlon qilingandi.

×