Huawei Örtaçirçiqdagi maktabga xitoy tilini örganiş uçun ajratilgan sinfxonalarni yangilaşda yordam berdi

Huawei Örtaçirçiqdagi maktabga xitoy tilini örganiş uçun ajratilgan sinfxonalarni yangilaşda yordam berdi

Huawei kompaniyasi özining korporativ ijtimoiy masʼuliyati doirasida Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanidagi 42-sonli ixtisoslaştirilgan umumtaʼlim maktabida xitoy tilini çuqur örganiş uçun ajratilgan öquv xonalarini taʼmirlab, yangi jihozlar bilan taʼminladi. 2022 yil 15 mart kuni öquvçilar va maktab rahbariyati, Huawei kompaniyasi vakillari hamda Dungan madaniyat markazi raisi iştirokida uşbu sinfxonalarni oçişga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Huawei kompaniyasi xalq taʼlimini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yana bir ijtimoiy loyihani amalga oşirdi. Örtaçirçiq tumanidagi 42-maktabda ikkita öquv xonasida taʼmirlaş va pardozlaş işlari olib borilib, yangi jihozlar bilan taʼminlandi. Bu maktab çet tillarini örganiş, jumladan, Dungan qişloği aholisi uçun tarixiy ahamiyatga ega bölgan xitoy tilini çuqur örganişga ixtisoslaşgan.

«Özbekistonda millatlararo munosabatlarni mustahkamlaşga va har bir elatni öz madaniyatini asrab-avaylaş va rivojlantiriş borasida qöllab-quvvatlaşga katta eʼtibor qaratilayotgan oqilona milliy siyosat olib borilmoqda. Qişloq aholisi uçun xitoy tili öz ona tili bölib, yaqinda 42-maktabda bu tilni öqitiş yölga qöyildi. Tilni taʼlim muassasasida örganiş bizning dunganlik bolalarimizga öz ona tilini yaxşiroq özlaştiriş imkonini beradi va şu bilan birga, boşqa bolalarga xitoy tilini çet tili sifatida örganiş uçun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bularning barçasi ularning dunyoqaraşini kengaytiriş va bilimini çuqurlaştiriş, Özbekiston va Xitoy örtasidagi har tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. 42-maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşda körsatayotgan yordami uçun Huawei kompaniyasidan minnatdormiz», — dedi Dungan madaniyat markazi raisi Mane Savurov.

«Sönggi yillarda Özbekistondagi Huawei kompaniyasi taʼlim sohasini qöllab-quvvatlaş uçun masofaviy taʼlim tizimini mustahkamlaşda raqamli texnologiyalarni joriy etiş va taʼlim oliş şaroitlarini yaxşilaş borasida bir qator loyihalarni amalga oşirdi. Bugun 42-maktabning taʼmirlangan öquv xonalari foydalanişga topşirildi va endi u yerda öquvçilar qulay şaroitlarda bilim olişadi va çet tillarini, jumladan xitoy tilini maroq bilan örganişadi. Biz yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş va ularning kamol topişlari uçun imkoniyatlar yaratişda öz hissamizni qöşayotganimizdan mamnunmiz», — dedi Özbekistondagi Huawei kompaniyasi rahbari janob Çen Szyakay.

×